Andijonda 2021-yil nomi yozilgan bannerlarni o‘rnatish boshlandi. Jarayon fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Foto: Telegram / “Alimoff”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda davlat rahbari 2021-yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb nomlashni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifidan bir soat o‘tar-o‘tmas, Murojaatnoma hali davom etayotgan vaqtda, Andijon shahri markazidagi maydonda 2021-yili nomi tushirilgan bannerlar paydo bo‘lgan.

Bloger Shahnoza Soatova ham bannerning ilinishiga oid o‘z taxminlari bilan bo‘lishgan: “Uchta taxmin: birinchisi, murojaatnomaning mazmuni (kamida shu joyi) avvalroq sizgan; ikkinchidan, andijonliklar avliyo; uchinchidan, ularning tezkor tashqi reklama bo‘yicha ishlari ta’rifiga so‘z ojiz (tajribasini o‘rganish, darsliklarni kiritish kerak)”.