Muzlamalar sababli Taxtaqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati 27-dekabr kuni vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.
“Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi, shuningdek, qor ko‘chishi, yo‘lda ko‘rish masofasi cheklanishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli bo‘lganligi sababli dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi”, — deyiladi bosh boshqarma axborotida.
Idora, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab qor yog‘gani munosabati bilan, barcha haydovchilardan zaruratsiz tungi vaqtda mashina haydamaslikni, mabodo zarurat bo‘lib, ko‘chaga chiqqanda, mashinani oraliq masofani saqlagan holda haydashni, gaz va tormoz tepkilarini keskin bosmaslikni so‘ragan. Piyodalardan esa ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilingan.
Izoh (0)