• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya – Sudan munosabatlari va Yevropa Ittifoqidan chiqayotgan Buyuk Britaniya. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Sudan portlaridan Rossiyaga nima foyda?

    Sudandagi harbiy baza rus flotiga mintaqadagi qaroqchilikka qarshi kurashish bilan birgalikda rus tarafiga O‘rtayer dengizini nazorat qilish imkonini beradi, deb yozadi The World Politics Review nashri. Sudan va rus munosabatlari haqida gap ketganda, avvalo, Sudanning AQSh bilan aloqalari jonlanib qolganini aytish mumkin.  1990-yillardan beri Sudan AQSh uchun qora ro‘yxatdagi mamlakatlardan biri bo‘lib keldi. Sababi, bir vaqtlar mamlakat Usoma ibn Lodinga mehmondo‘stlik qilgani-yu, Keniya va Tanzaniyadagi qo‘poruvchilik izlarining bir uchi ham unga borib taqalgani bo‘ldi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Kuz oyida kutilmaganda Sudan hukumati AQShga Keniya va Tanzaniyadagi voqealar uchun 335 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashga va Vashington yordamida Isroil bilan munosabatlarini yaxshilashga tayyorligini bildirdi. Natijada, rasmiy Vashington Sudanni qora ro‘yxatdan o‘chirdi. Shunga qaramasdan ayrim cheklovlarning ham olib tashlanishiga va Jo Baydenning siyosati ijobiy bo‘lishidan umidvor. Balki shu sababdan rasmiy Kreml Sudan portlaridan harbiy baza sifatida foydalanishni paysalga solib keldi.

    Kutilmaganda 8-dekabr kuni rus matbuoti Sudan bilan kelishilgan shartnomani e’lon qildi va bu geosiyosiy nuqtayi nazardan yoritila boshlandi. Sudan portlari ruslar uchun Qizil dengiz va Hind ummoniga chiqish va bu rus harbiy flotining harakat jo‘g‘rofiyasini kengaytirishni ta’kidlay boshladi. Shuningdek, bu shartnoma Sudanga harbiy yordam evaziga Sudan portini 25 yil foydalanish imkonini berishi ham e’lon qilindi. Shartnoma imzolandi va Rossiya hozirda Suriyadagi Tartusdan keyingi mintaqadagi  rus flotining ikkinchi tayanch nuqtasiga aylanadigan bo‘ldi.

    2011-yilda janubiy Sudanning ajralib chiqishigacha bo‘lgan davrda mamlakat Afrikaning eng yirik davlatidan biri bo‘lib keldi. 1989-yilda Sudan oliy hokimiyati tepasiga kelgan Umar al-Bashir mamlakatni 30 yil muddat boshqardi. Darfurdagi harbiy jinoyatlar oqibatida Gaagadagi Xalqaro sud Umar al-Bashirni qamoqqa olishga ko‘rsatma berdi.

    42 million aholiga ega Sudan quvg‘indi davlat bo‘lishiga qaramay, Putin 2017-yilda Umar al-Bashirni Sochiga mehmonga taklif qildi. O‘sha uchrashuv chog‘ida Umar al-Bashir “Sudan Rossiyaning  Afrikadagi kaliti” degan tashbehni ishlatdi va Qizil dengizda Rossiya harbiy floti bazasini yaratishni taklif qildi. 2019-yilda norozilik namoyishlari ortidan Umar al-Bashir hokimiyatdan to‘ntarildi va uning istaklari amalga oshmay qoldi.

    Sudan g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga o‘tgan savdo yo‘llari bilan ahamiyatli. Qolaversa, oltin, temir rudasi, minerallar kontrabandasi tashiladigan asosiy yo‘llar mamlakati ham hisoblanadi. Shuningdek, afrikalik migrantlarning Yevropa Ittifoqiga yetib olishi uchun mintaqadagi mashhur mamlakatlardan biri.

    Rossiyaning ham 2019-yildagi voqealardan Sudan portlari haqidagi istagi tahdid ostida qoldi. Matbuotda rus hukumati Darfurdagi isyonni bostirish uchun Umar al-Bashir Kremldan maxsus xizmatlarini yuborishini so‘ragani, “Vagner” xususiy Kreml jangchilari tinch namoyishchilarni bostirishda ishlatilgani borasidagi xabarlar Sudan va Kreml munosabatlarini to‘xtatib qo‘ydi. 2019-yilning oktabr oyida muvaqqat hukumati rahbari Abdul Fattoh al-Burxon rus-sudan munosabatlarini jonlantirish uchun Sochida Rossiya va Afrika sammitiga yo‘l oldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uchrashuv chog‘ida yana Sudanda rus floti bazasi o‘rtaga chiqdi. Xartumdagi har qanday siyosiy o‘zgarish Rossiya va Sudan munosabatlariga zarar keltirishi mumkin. Kreml Sudandagi o‘z harbiy bazasini xavfsizlikni kafolatlash sifatida ilgari surmoqda va Sudan rus qurol-yarog‘ining asosiy mijozi bo‘lishini ham istaydi. Sudan Rossiya uchun Afrika qit’asidagi Jazoir va Misrdan keyingi eng yirik xaridorlaridan bir sanaladi. Bundan tashqari, Sudan Afrika davlatlari tashkilotida Rossiyaning Suriya masalasidagi hamfikri ham. Hattoki Umar al-Bashir 2018-yil dekabr oyida Suriyaga tashrif buyurgan ilk arab davlat rahbari sifatida ham yodda qolgandi.

    Rossiya Qizil dengizda o‘z harbiy bazasiga ega bo‘lgan holatda Abdul Fattoh al-Burxon bilan o‘zining diplomatik munosabatlarini yaxshilashga imkon izlaydi. Sudan tashqi ishlar vaziri Umar Qamariddin Sudan va Rossiyaning harbiy baza haqidagi kelishuvini ko‘rmaganini ta’kidlashi esa ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv amaldagi hokimiyat kelishuvni o‘ta tor doirada imzolaganidan darak beradi. Rossiya Sudan harbiy kuchlarini mintaqadagi barqarorlikni ta’minlovchi kuchlar sifatida baholaydi.

    Hattoki Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Viktor Bogdanov 2019-yil iyun oyida muvaqqat hukumatga murojaatida mamlakatdagi radikal islomchilarni shafqatsiz bostirish kerakligini bayon qildi. Biroq bu Sudanda demokratik islohotlar tarafdori bo‘lgan kuchlar orasida ruslarga qarshi kayfiyatni yuzaga keltirdi. Demokratik kuchlar Jo Bayden Sudandagi  fuqarolik jamiyati qurilishiga ko‘z yummaydi va Bashirning siyosiy sheriklarini Xalqaro jinoyat sudiga keltirishda yordam beradi, degan fikrda.

    Ruslar esa Sudan o‘z nufuzini kuchaytirib olish bilan birga o‘z harbiy flotining Qizil dengiz, Hind ummoni va O‘rta yer dengizidagi ta’sirini kuchaytirishga erishishdan iborat. Bu Kremlga qachonlardir Sovet Itttifoqining Eritreya, Yamandagi Adandagi harbiy portlarga egalik qilganini va Rossiya qudratli davlat ekanini Afrikadagi siyosatchilarga eslatib turadi.

    “Yaxshi janjaldan yomon murosa  yaxshi” kelishuvi

    Britaniya va Yevropa Ittifoqi va nihoyat uzoq davom etgan to‘rt yillik bahs va munozaralardan so‘ng bir-biridan murosaga kelib ajrashadigan bo‘ldi. Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish bu britaniyaliklar Ittifoqda imtiyozlarning saqlanib qolishi haqidagi va’dasini ustidan chiqa oldimi? Yevropa Ittifoqi to‘laqonli ravishda ittifoqqa a’zolik yakka tarzda savdo qilish va mustaqil holda o‘yin qoidalarini belgilashdan ko‘ra foydaliroq ekanini isbotlab bera oldimi? Umuman olganda, BREXIT kimga ko‘proq foyda yoki ziyon keltirdi kabi savollariga The BBC.com nashri javob izlaydi.

    BREXIT avval boshidanoq siyosiy loyiha bo‘lib, loyiha tarafdorlari YEIdan mustaqil bo‘lsak bo‘ldi, iqtisodiy zarar hech narsa emas, dedi. Koronavirus yopirildi-yu, Britaniya iqtisodiyoti qisqardi, ajralish uchun endi tortishish manfaatli shartnoma asosida BREXIT’ni amalga oshirish zarur bo‘lib qoldi. Britaniya kelishuvsiz shartnomadan chiqadigan bo‘lsa, ulkan hajmdagi bojni YEIga qanday to‘lash kata muammoga aylanardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    24-dekabr kuni imzolangan kelishuvlar bo‘lmaganda edi, BREXIT 100 milliard funtdanda ko‘proq ziyon korish istiqbolini va’da qilayotgandi. Hayriyatki rasmiy London kutganidek barchasi ancha tinch hal bo‘ldi. Rojdestvo arafasida imzolangan bitim boz ustiga rasmiy London va YEI o‘rtasida savdo urushlari yuz bermasligini ham ta’minladi. Endilikda qo‘shnilar sekin-asta u yoki bu masalada yana yaqinlasha boshlaydi.

    Kelishuv bo‘lmaganda bugungi vaziyat London va Bryussel o‘rtasida yaqin o‘tmishdagi  70-yillardagi manzaraga olib kelishi ham mumkin edi. O‘sha kezlarda Britaniya Yevropaning “uch oyoqli odami” sifatida Xalqaro valyuta fondidan  kredit berishlarini so‘rab yurgan palla edi. Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 40 yillik davr Londonga uch oyoqli odamdan sog‘lom odamga aylanishiga va dunyoning eng yirik beshinchi iqtisodiga aylanishiga imkon berdi. To‘rt yillik bahs va munozaralar esa tarixga aylandi.

    Britaniya uchun bundanda yaxshi ham bo‘lishi mumkin edi. 24-dekabrdagi kelishiv endilikda Britaniya uchun 500 million aholiga ega Yevropa Ittifoqi bozorlarini boy berishiga olib keldi. BREXIT boshlangan davrda siyosatchilar, xususan, Boris Jonson Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqsa-da barcha imtiyozlar saqlab qolinishi va avvalgidek bo‘lishi haqida va’da bergandi. Endilikda Britaniya Yevropa Ittifoqiga badal to‘lash va yoqasi birlarning qonun-qoidalariga bo‘ysunishdan xalos bo‘ldi va erkin suzishga chiqdi.

    Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati Britaniya murosaga kelsa va o‘yin qoidalariga bo‘ysungan holda harakat qiladigan bo‘lsagina murosaga borishga, aks holda esa shartnoma imzolanmasligi va ittifoq o‘z ichki bozorlarini ta’rifsiz to‘siq va bojlar yordamida himoya qilishga majburligini ham ifodaladi.

    Britaniya uchun tanlov juda sodda qo‘yildi. Britaniya kelishuvsiz shartnomadan chiqqudek bo‘lsa, boj va to‘siqlar bir haftadan so‘ng  – 1-yanvardan tatbiq etilardi. Shartnoma bilan chiqadigan taqdirda boj va ta’riflar kelgusida yoki tomonlardan biri kelishuv shartlarini buzgan taqdirdagina joriy etilishiga ko‘ndi.  Shu tariqa rasmiy London 2-variantni o‘z xalqi uchun o‘ta qulay shart deb baholadi.

    Yevropa Ittifoqi Britaniya bilan savdo sotiqda profitsitda yursa, konsalting, yuridik xizmatiga kelganda defisitni his qila boshlaydi. Kelishuvda esa mana shu jihatlarga alohida e’tibor berildi va har ikki taraf qaysi masalada kuchli bo‘lsa, o‘sha masaladan tosh bosuvchi omil sifatida foydalandi.

    Britaniya Savdo palatasi rahbari Adam Marshal nazarida, biznes doiralar to‘rt yil davom etgan BREXIT ola-ta’siridan quvonmasliklari, Yevropa Ittifoqi bilan savdo qilishning yangi tamoyillarini o‘rganib chiqish vaqt olajagini bildirdi. Bosh vazir Boris Jonson esa Rojdestvo tabrigini yo‘llar ekan, “Biz Yevropa Ittifoqini tark etgan bo‘lsak-da, madaniy, jo‘g‘rofiy tarixiy va emosional jihatdan Yevropa Ittifoqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib qolaveramiz”, deya nutq so‘zladi.

    1-yanvardan boshlab Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo qilishda davom etsa-da, ayrim narsalar o‘zgarishi aniq.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    26.12.2020, 16:01   Izoh (0)   33468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Neshvillda Rojdestvo tongida g‘ildiraklar ustidagi uy portlab ketdi. Bunga qadar avtomobil 15 daqiqadan so‘ng portlashi haqida ovoz yangragan

    26.12.2020, 15:01

    Bitkoin narxi birinchi bor 25 ming dollardan oshib ketdi

    26.12.2020, 14:21

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 80 ming kishidan oshdi

    26.12.2020, 13:20

    Koronavirusning “britancha” shtammi Fransiya va Yaponiyada ham aniqlandi

    26.12.2020, 11:16

    Dunyo pandemiya yakuniga olib boruvchi yo‘lning yarmida — JSST

    26.12.2020, 07:35

    Alibaba asoschisi Jek Ma monopoliyaga qarshi tekshiruv ortidan bir kunda 3,5 mlrd dollar yo‘qotdi

    25.12.2020, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.