Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ta’til paytida koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun butun Italiya bo‘ylab karantin e’lon qilinadi, deb xabar beradi Italiya bosh vaziri Juzeppe Kontega tayanib “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, 24-dekabrdan 6-yanvargacha butun Italiya “qizil zona”ga aylanadi. Ya’ni butun mamlakat bo‘ylab epidemiologik cheklovlarning eng yuqori darajasi joriy qilinadi. Ushbu davr mobaynida uyni maqsadsiz tark etish hamda hududlari bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi. Bar va restoranlar, shuningdek, oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar yopiladi.

Konte italiyaliklarga ta’tilni birga yashaydigan odamlar bilan birga o‘tkazishni tavsiya qildi. Istisnolar ham mavjud, unga ko‘ra, fuqarolar kuniga bir marta soat 05:00 dan 22:00 gacha 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan birgalikda shu hududda joylashgan uyga tashrif buyurishi mumkin.

Bundan tashqari, 28-, 29-, 30-dekabr va 4-yanvar kunlari karantin cheklovlari biroz yumshatiladi. Ba’zi do‘konlar soat 21:00 ga qadar ishlaydi, shuningdek, odamlar o‘z yashash hududidan chiqishiga ruxsat beriladi. Uyga qaytishga har qanday kunda ruxsat beriladi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada jami 1 921 778 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 1 226 086 nafari sog‘ayib ketgan, 67 894 nafari esa vafot etgan.

Avvalroq Italiyada COVID-19 sababli yuz bergan o‘limlar soni Ikkinchi jahon urushidagi darajaga yetishi mumkinligi aytilgani hamda Yevropaning to‘rt mamlakatida Rojdestvo arafasida karantin yumshatilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi