Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining chorak finalida “Tottenhem” 23-dekabr, chorshanba kuni “Stok Siti” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Goal

Foto: Goal

Uchrashuvning 22-daqiqasida Garet Beyl londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

70-daqiqada Ben Devis “shporlar”ning ikkinchi golini urdi. 81-daqiqada Harri Keyn yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Joze Mourinyo shogirdlari yarim finalga yo‘l oldi. Avvalroq “Manchester Siti” va “Brentford” Liga Kubogi yarim finaliga chiqqandi.

Angliya Liga Kubogi

Chorak final bahsi

23-dekabr, chorshanba

“Stok Siti” — “Tottenhem” 1:3

Gollar: 0:1 – 22 Beyl, 1:1 – 53 Tompson, 1:2 – 70 Devis, 1:3 – 81 Keyn.

“Stok Siti”: Lonergan, Suttar, Batt, Foks (Fletcher, 34), Smit, Tompson, Oukli-But (Vouks, 79), Kazns, Makkleyn, Kollinz, Braun (Pauell, 71).

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Doerti, Devis, Dayer, Uinks, Alli (Lamela, 66), Lukas Moura (Sissoko, 66), Hyoybyerg, Beyl (Son Hyon Min, 46), Keyn.

Ogohlantirishlar: Kollinz (30).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi