• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi ayollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

    Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining muloqotini tashkil etish bo‘yicha videokonferensaloqa shaklida ilk uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Tadbirda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati vakillari, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi rahbarlari qatnashdi.

    O‘zbekiston nomidan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Uchrashuvda Markaziy Osiyoda davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda xotin-qizlarning o‘rni, ularning davlat va jamoat ishlaridagi ishtiroki, o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarish va islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, shu jumladan, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

    Ishtirokchilar O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida ushbu sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan to‘liq xabardor qilindi. Mamlakatda gender tenglikni ta’minlash O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlar eng mas’uliyatli lavozimlarga tayinlanayotgani davlat rahbarining ularga bo‘lgan katta ishonchi va hurmatidan dalolat berishini ta’kidladi.

    Ta’kidlanishicha, katta tajribaga va muhim natijalarga ega mamlakat sifatida O‘zbekistonda xotin-qizlarni uy-joy va ish bilan ta’minlash, jamiyatda ularning rolini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, umuman, mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda ijobiy baholanmoqda.

    Tadbir davomida tomonlar ta’kidlaganidek, “Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari bilan muloqot” norasmiy mexanizmining faoliyati mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, barqaror rivojlanish erishish, davlat va jamiyat boshqaruvi, tadbirkorlik tizimida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga, qolaversa, xotin-qizlar, yoshlar va bolalarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirish hamda gender tenglikni ta’minlashga ko‘maklashadi.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari N. German qayd etishicha, markaz muhokamalar uchun platforma yaratishda, keyingi ishlarda, shu jumladan, mintaqaviy va global hamkorlik aloqalarini kengaytirishda, tajriba almashishda yordam berishga tayyor.

    O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha samarali ishlar tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi. Shu munosabat bilan, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbarining taklifiga binoan 2021-yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga raislik qilish Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaga topshirildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar ishning birinchi yilidagi hamkorlik sohalari va norasmiy tuzilmaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdi.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining norasmiy muloqoti faoliyatini ta’minlash bo‘yicha kompleks tashkiliy masalalarni hal qilish va mazmunli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Asosiy maqsad o‘zaro tajriba almashish, ijobiy ish tajribasini o‘zlashtirish va ularni o‘z mamlakatlarida qo‘llash ekani ta’kidlandi.

    Mintaqa davlatlari o‘rtasida hamkorlikning mazkur yangi formati mamlakatlarimizda xotin-qizlar rolini kuchaytirishga qaratilgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqishda samarali mexanizm bo‘lishi ma’lum qilindi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida MDH sammiti bo‘lib o‘tgani hamda Tanzila Norboyeva tikuvchilik sexlaridagi ishchi ayollarning maoshi kamligini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

    24.12.2020, 21:12   Izoh (0)   21066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSh prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini ma’lum qildi

    24.12.2020, 20:37

    Tojikiston shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi

    24.12.2020, 19:40

    Akmal Saidov O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar o‘zining muxolifatlik huquqlaridan foydalanmayotganini tanqid qildi

    24.12.2020, 19:15

    Buxoroning Kogon shahrida is gazidan zaharlangan 3 nafar fuqaro vafot etdi

    24.12.2020, 18:54

    O‘zbekistonda 2020-yilda 7,4 mingdan ortiq shaxsga fuqarolik berildi

    24.12.2020, 18:08

    Aziz Abduhakimov amerikaliklarni muvaffaqiyatli vaksina yaratgani bilan tabrikladi

    24.12.2020, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.