Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 9-yanvar, O‘zbekiston Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 157-moddasi (Davlatga qarshi xiyonat) bo‘yicha ayblangan Tashqi ishlar vazirligi sobiq xodimi, O‘zbekistonning YeXHTdagi vakili Qodir Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Foto: Facebook / Qodir Yusupov

Foto: Facebook / Qodir Yusupov

Oliy sud matbuot kotibining xabar berishicha, bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi. DXX Tergov boshqarmasi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Qodir Yusupov davlatga xoinlik qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi. Sudlanuvchiga nisbatan jazo choralarini belgilashda sud O‘zbekiston Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Natijada sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, Qodir Yusupovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, TIVning sobiq amaldori, O‘zbekistonning YEXHTdagi (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) vakili lavozimida ishlagan Qodir Yusupovga qarshi 2018-yilning 1-dekabrida DXX tomonidan davlatga xoinlik qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 23-may kuni ish ko‘rib chiqish uchun Harbiy sudga taqdim etilgan.

67 yoshli sobiq diplomat 2018-yil 3-dekabr kuni Toshkent metropolitenining “Pushkin” metro bekatidagi temir yo‘l relsiga yiqilib tushgach, shifoxonaga yotqizilgandi. Shundan so‘ng u shifoxonadan DXX Tergov boshqarmasi qamoqxonasiga o‘tkazilgan.

Unga nisbatan hibsga olingandan buyon ruhiy qiynoqlar qo‘llanilayotgani, zarur dori vositalaridan mahrum etilgani hamda oilasi kuzatuv ostida ekani va tazyiqlarga uchrayotganini haqida xabarlar tarqalgan edi.

Human Rights Watch tashkiloti 12-iyun kuni e’lon qilgan bayonotda O‘zbekiston hukumati zudlik bilan Qodir Yusupovni ozod qilish, shuningdek, u bilan noqonuniy muomalada bo‘lishga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Bosh prokuratura Qodir Yusupovga qiynoqlar qo‘llanilganini rad etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi