• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston COVID-19’ning yangi varianti aniqlangan Buyuk Britaniya va yana yetti davlat bilan aviareyslarni to‘xtatdi

    O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JARda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi kuzatilmoqda. Xususan, 20-dekabr holatida Buyuk Britaniyada kunlik kasallik holati 36 mingga, Germaniyada 21 mingga yaqin, Italiyada 15 mingdan, Niderlandiyada 13 mingdan, Janubiy Afrika Respublikasida 9 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.

    Ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviatashuvlarni cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

    Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 21-dekabr sanasidan 2021-yil 10-yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi.

    Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekistonga kiritilmasligi belgilandi.

    Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekistonning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qo‘yildi.

    Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

    Respublika maxsus komissiyasi fuqarolardan jamoat joylarida niqob taqib yurish, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlarida 30 kishidan oshmagan holda tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, vazirlik, idoralar va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarida turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etmaslik to‘g‘risidagi karantin cheklovlariga qat’iy amal qilishni so‘ragan.

    Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarning o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘ini asrab-avaylash maqsadida kirib kelayotgan Yangi yilni oila davrasida kutib olish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tgan.

    Avvalroq Isroil va Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi shtammi sababli xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan edi.

    Mavzuga doir: JSST COVID-19 mutatsiyasi tarqalishini to‘xtatishga chaqirdi

    Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarning bir qismini majburiy bekor qilgan edi. O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklangan, xususan, Uzbekistan Airways sentabrdan boshlab beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklagandi.

    22.12.2020, 10:36   Izoh (0)   34776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Malika”da ikki yigitning janjali pichoqbozlik bilan tugadi

    22.12.2020, 10:12

    “AES bo‘yicha shartnoma tayyor, texnik jihatlar qoldi” — Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi

    22.12.2020, 09:11

    Surxondaryoda sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va transport boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

    22.12.2020, 08:26

    Iqtisodchi Botir Qobilov: Pandemiya ustidan g‘alabaga byurokrat rahbarlar emas, muhojir olimlar tufayli erishilmoqda

    22.12.2020, 07:54

    Andijonda 233 mingdan ortiq aholi ishlash uchun xorijga chiqib ketgani ma’lum qilindi

    22.12.2020, 07:39

    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda 509 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

    22.12.2020, 07:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.