Yupiter va Saturn sayyoralari 21-dekabr kuni kechasi 794 yil ichida birinchi bor yana osmonda “birlashadi”. Bu haqda Moskva planetariyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Sayyoralarni olti burchak daqiqa ajratib turadi, xolos.
Ikki sayyoraning bu kabi yaqinligi Yerdan turib so‘nggi bor 794 yil oldin kuzatilgan — 1226-yilning 4-martida. O‘shanda ular orasidagi masofa ikki burchak daqiqasini tashkil etgan.
Astronomlarning aniqlik kiritishicha, ikki sayyora har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Ammo ular bir-biriga kamdan kam holatda minimal masofaga yaqinlashadi. Keyingi yaqinlashuv 2080-yilning 15-martida sodir bo‘ladi.
Ekvator aholisi bu hodisani kuzatish uchun eng yaxshi sharoitga ega, ammo uni ob-havo sharoiti imkon bersa, dunyoning istalgan burchagidan kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bunga qadar Yupiter va Saturnning yaqinlashuvi 1623-yilning 16-iyulida kuzatilgan. Biroq u vaqtda sayyoralar Quyoshdan 13 daraja qiyalikda bo‘lgani va quyoshning yorqin nurlari sabab astronomlar uni kuzata olmay qolgan.
Izoh (0)