Abiboo Studio dizaynerlari The Sustainable Offworld Network tadqiqotchilar guruhi bilan birgalikda insonlar Marsda qanday yashashi tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi The Sun.
Konsept-artda vertikal shahar tasvirlangan — undagi inshootlar qoyalarga qurilgan. Shahardagi uylar yig‘ma konstruksiya shaklida bo‘lib, bir nechta qismlardan iborat. Dizayn mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, unda odamlar og‘ir iqlim sharoitlaridan himoyalanadi: radiatsiya va sayyoraning atmosfera bosimidan.Bu kabi shaharlarda cheklangan miqdorda insonlar yashaydi. Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, inshootlar o‘zi ichiga 200 mingdan 250 minggacha aholini sig‘dira oladi, biroq bu kabi shaharlarni bir nechta yaratish mumkin. Abiboo Studio loyihasida kamida beshta shahar haqida so‘z boradi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur konstruksiyalar faqatgina mualliflar tasavvurining mahsuli hisoblanadi. Kamdan kam hollarda kichraytirilgan nusxalari ko‘rinishidagi prototiplar yaratiladi. Kelajakda turli dizayner va arxitektorlarning boshqa qiziqarli konseptlari paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq SpaceX va Tesla kompaniyalarining rahbari Ilon Mask Marsda tashkil qilinadigan shahar aholisi avval shisha gumbazlar ostida yashashi, keyinchalik sayyora Yerdagi kabi hayotni qo‘llab-quvvatlash uchun terraformaga aylanishini aytgandi.