• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Sayyoralar paradi. Keyingi tomosha qaysi yilga to‘g‘ri keladi?

    Quyosh sistemasining katta va kichik sayyoralari turli orbitalar bo‘ylab va har xil tezlikda harakatlanadi. Shu sababli ham ularning Yerga nisbatan joylashuvi doimo o‘zgarib turadi. Masalan, Merkuriy va Venera yilning ayrim oylarida tong saharga yaqin, sharq tarafda ko‘rinsa, boshqa payt shomdan so‘ng, g‘arbdan ko‘rinadi.

    Yana ayrim sayyoralar esa Yerning ularga nisbatan Quyosh ortidan yoki oldidan turganiga qarab ham, shuningdek, Yerning orbital tezligiga bog‘liq omillarga ko‘ra ham osmonning turli qismlaridan ko‘rinishi mumkin. Lekin Quyosh sistemasida muayyan davriylikda shunday qiziq holat takrorlanib turadiki, unda sayyoralarning hammasi (yoki aksariyati) bir chiziqqa terilib, “parad” o‘tkazadi. “Daryo” koinotning yana ushbu ajoyiboti haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish harakati tezligi har xil va sayyora Quyoshga qancha yaqin joylashgan bo‘lsa, u shuncha tez aylanadi. Masalan, Merkuriy Quyoshni atigi 88 yer sutkasida aylanib chiqib bo‘ladi; Yer esa bunga 365 kun sarflaydi. Yupiter esa 12 yilga yaqin muddatda bir bora Quyoshni aylanib o‘tadi. Neptunga esa buning uchun naq 165 yil ketadi! Shu kabi xilma-xillik sababli Quyosh tizimida “parad” yuzaga kelishi juda-juda favqulodda noyob hodisa sanaladi. Sayyoralarning bu tarzda paradga tizilishi, odatda, 130–200 yilda bir marotaba ro‘y beradi va eramiz boshidan buyon atigi 10 marotaba sodir bo‘lgan xolos.

    Shunday paradlar orasida yozma manbalarda qayd etilgani eng dastlabkilaridan biri 768-yilning 17-noyabr sanasida sodir bo‘lgan edi. Oradan o‘tgan 1252 yildan buyon esa bunday paradlardan eng oxirgisi 1982-yilda yuz berdi. O‘shanda, barcha sayyoralar – Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va o‘sha paytda hali sayyora deb hisoblangan Pluton ham o‘zaro eng katta farq 95 daraja bo‘lgan bir yo‘nalishda tizilib, katta parad “uyushtirgan” edi. Keyingi shunday parad esa 2161-yilda kutilmoqda.

    Yuqorida bejizga “katta parad” demadik. Sababi, Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar bir chiziqqa tiziladi. Lekin matbuotni, ilmiy-ommabop nashrlarni kuzatib boradiganlar, yaqin orada kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan sayyoralar paradi haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelganini eslagan bo‘lsa kerak. Matbuotda bu haqida tez-tez yozib turiladi. Bunday tez-tez takrorlanadigan paradlarda esa hamma sayyoralar ham ishtirok etmaydi, balki ularning ayrimlari qatnashadi xolos.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kichik parad ishtirokchilari, odatda, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiterdan iborat bo‘ladi. Bunday “kichik” paradlar 18–20 yilda takrorlanaveradi va shu sababli ham bu haqida anchayin ko‘p yoritiladi. Kichik paradlardan oxirgi ikkitasi 2002-yil va 2011-yillarda sodir bo‘lgan edi. 2022-yilning martida ham shunday kichik parad bo‘lishi kutilmoqda va unda beshta sayyora qatnashadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘shanda sayyoralar 38 daraja farq bilan safga tiziladi.

    Turli irim-sirimlar va vahima gaplarga ishonuvchan odamlarning bu boradagi sodda qarashlaridan foydalanib, avvallari munajjimlar shu kabi paradlar asosida turli tolenomalar tuzgan va sodda kishilarni shu bilan avragan. Ta’kidlash joizki, bu kabi psevdo-fan va uning namoyandalari hozirda ham sodda odamlarni sayyoralar paradining inson taqdiriga ta’siri borligiga ishontirishga urinib, laqma odamlarni aldashga urinadi. Lekin sayyoralarning bir chiziqqa terilishidan odamning tole va taqdiriga zarracha ta’sir yo‘q, hatto sayyoralarning bundayin tartiblanishidan aytarli gravitatsion ta’sirlar ham yuzaga kelmaydi.

    Shunga qaramay, sayyoralar paradini umuman foydasiz hodisa ham deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. 1970-yillarda, hali sayyoralarga kosmik apparatlar uchirish endi-endi boshlanayotgan paytda, kosmik apparatni uchirish xarajatlarini tejash va vaqtdan yutish maqsadida, tashqi sayyoralar – Saturn, Yupiter, Uran va Neptunning paradga tizilgan vaqtini poylab harakat qilinar edi.

    Shunga ko‘ra, ushbu gaz gigantlari osmonni ma’lum qismida, bir yo‘nalishda bo‘lgan payt ular tomon apparat uchirilsa, birvarakayiga ularning hammasiga tashrif buyurish va ko‘proq ma’lumot olish imkoni yuzaga kelgan edi. 1977-yilda uchirilgan “Voyager” apparatlarning trayektoriyasi aynan shu hisob bilan belgilangan edi va ushbu loyiha sayyoralarning qulay tarzda bir tarafga tizilganidan foydalanib, haqiqatan ham vaqtdan yutishga va ko‘proq gravitatsion manyovrlar qilishga muvaffaq bo‘ldi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    17.11.2020, 13:23   Izoh (0)   35363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bortida 4 astronavt bo‘lgan Crew Dragon kemasi XKSga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)

    17.11.2020, 12:10

    Olimlar Marsda suv yo‘qolib ketishining ehtimoliy sabablarini ma’lum qildi

    16.11.2020, 22:34

    SpaceX ichida astronavtlar bo‘lgan birinchi Crew Dragon muntazam missiyasini XKSga uchirdi

    16.11.2020, 12:11

    SpaceX Starship raketasi prototipining sinovi muvaffaqiyatsiz o‘tdi

    14.11.2020, 21:57

    Birinchi kosmik sayyohlar Xalqaro kosmik stansiyaga uchish uchun shartnoma imzoladi

    12.11.2020, 18:46

    Olimlar Marsda suv bo‘lganini isbotlovchi dalil topdi

    02.11.2020, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.