Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyada sutka davomida 29 350 kishida koronavirus aniqlanib, pandemiya boshidan buyon kasallanganlar soni ortishi bo‘yicha tarixiy rekord bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Koronavirusga qarshi kurashish federal shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 2 877 727 kishida virus qayd etilgan.

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva (+7797 kishi), Sankt-Peterburg (+3752) va Moskva viloyatida aniqlangan (+1523).

Sutka davomida COVID-19 bermolarining 493 (pandemiya davridan buyon esa 51 351 kishi) nafari vafot etgan. Shu kuni 18 705 kishi (pandemiya davridan buyon 2 295 362) kishi sog‘aygan.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha jami 86,3 milliontadan ortiq, so‘nggi bir kecha-kunduzda esa 437 mingta test o‘tkazilgan.

Dekabr oyidan boshlab Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi emlash boshlandi. “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova Rossiyada COVID-19 pandemiyasi bahorda tugashini taxmin qilgan. “Agar biz harakat qilsak, undan ham avval tugashi mumkin. Bu hammamizga bog‘liq”, — degan edi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri