Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 14-turida “Manchester Siti” 19-dekabr, shanba kuni “Sauthempton” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 16-daqiqada Rahim Sterling “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda har ikki jamoada bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, ayniqsa, mehmonlar bir nechta imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Minimal hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” 23 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. Pep Gvardiola jamoasida bitta zaxira o‘yini bor. “Sauthempton” esa 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
“Siti” keyingi turda “Nyukasl”ga qarshi bahs olib boradi. Undan oldin jamoani Angliya Liga Kubogida “Arsenal”ga qarshi bahs kutib turibdi.
APL
14-tur bahsi
19-dekabr, shanba
“Sauthempton” — “Manchester Siti” 0:1
Gol: 0:1 – 16 Sterling.“Sauthempton”: Makkarti, Vestergor, Bertran, Bednarek, Uoker-Piters, Uord-Prouz, Romeu, Jenepo (Redmond, 59), Uolkott, Ingz (Tella, 41), Adams (Nlundulu, 82).
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Sterling, Rodri, Ferran Torres (Mahrez, 72), Gundo‘g‘an.
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (25), Romeu (38), Uord-Prouz (42), Ederson (81).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)