Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 27-noyabrdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xaridlari doirasida Dori-Darmon kompaniyasidan 15,3 milliard so‘mlik dori vositalarini xarid qilgan. Bu haqda davlat xaridlari portali ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Shartnoma o‘z ichiga quyidagilarni olgan:

  • qiymati 4,8 milliard so‘m bo‘lgan 100 ming quti azitromitsin (bir qutisi — 48,5 ming so‘m);
  • qiymati 3,9 milliard so‘m bo‘lgan Hindistonda ishlab chiqarilgan “Oksivin” preparati/gidroksixloroxin (ichida 10 tabletka bo‘lgan bitta qutining narxi 7880 so‘mni tashkil qilgan);
  • qiymati 646,5 million so‘m bo‘lgan 500 ming quti paratsetamol;
  • qiymati 2,5 milliard so‘m bo‘lgan 166,6 ming quti askorbin kislotasi (C vitamini) (15,5 ming so‘m);
  • qiymati 2,8 milliard so‘m bo‘lgan 40 ming quti OmiZinc (71,9 ming so‘m);
  • qiymati 45,8 million so‘m bo‘lgan 10430 ta uch qavatli karton qutilar;
  • qiymati 12,2 million so‘m bo‘lgan 500 ming dona A6 formatidagi qo‘llanma;
  • qiymati 347 million so‘m bo‘lgan 500 ming quti “COVID-19”.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, xaridlar maqsadi ko‘rsatilmagan.

Avvalroq maxsus komissiya bayonnomasi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori-Darmon’dan 7,3 milliard so‘mga 1 million quti gidroksixloroxin xarid qilgandi. Mazkur dorilar koronavirusning oldini olish uchun maktab o‘qituvchilariga tarqatilgan.

COVID-19’ni davolashda gidroksixloroxindan keng foydalanishdan Yevropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQSh voz kechgan. JSST ham mazkur preparatdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarini qaytarib olgan.

Bezgakni davolaydigan gidroksixloroxin yordamida koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha dastlabki to‘laqonli klinik sinovlar bu preparat sog‘lom odamni kasallanishdan himoya qilmasligini ko‘rsatgan. Sinovlar natijalari JAMA Internal Medicine ilmiy jurnalida chop etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar