• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” haqida. “Oskar”ga ilgari surilayotgan yangi o‘zbek filmini nega ko‘rish kerak?

    Bugun, 17-dekabr kuni rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu filmni premyerasidan oldinroq, yopiq namoyish chog‘ida ko‘rishga muvaffaq bo‘lgandim. Ko‘pchilik uning badiiy jihatlarini olqishlagan va ijodiy guruhni maqtagan edi. Shuningdek, kartinaning ba’zi jihatlari o‘tkir bahslarni keltirib chiqargani, xususan, ba’zilar uning nomini o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagani esimda.

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    Nima bo‘lganda ham, nihoyatda o‘ziga xos olingan ushbu kartina o‘shanda tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Bunday asar keng ommaga taqdim etilishi – quvonarli holat. Kinosanoat reytinglari qo‘yadigan talablardan chiqib ketadigan, sodda, tushunarli, dinamik syujetga ega bo‘lmagan filmlarni prokatga chiqarishga qo‘rqishadi – o‘zini oqlamasligi mumkin, tomoshabin uni tushunmasligi mumkin. Shu tufayli bu turdagi lentalar festivalma-festival yurib, mukofotlar uchun kurashadi, lekin millionlarning teleekranlariga yetib bormaydi.

    “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”ning taqdiri qanday kechadi? U o‘z tomoshabinini topadimi? Uni muxlislar qanday qabul qiladi? Bu savollarga javobni yaqinda bilib olamiz. Ungacha o‘zbek kinematografining yangi mahsuli haqida o‘z mulohazalarimni bildirish bilan cheklanaman.

    Syujet

    Bu faslda film syujetining katta qismi bayon etiladi. Spoyler xohlamasangiz, uni tashlab keting.

    Film voqealari tog‘lar ichidagi, panadagi bir uyda bo‘lib o‘tadi. Bu uyda Komil (Bahrom Matchonov) ismli kamgap, sirli bir chol uch nafar xotini bilan yashaydi. Kunlar sokin, bir xil o‘tadi. Ayollar o‘zaro g‘iybatlashib, o‘ynashib, hazillashib, ba’zida janjallashib, uy yumushlarini bajarib kunlarini o‘tkazadi. Kamgap er ular bilan kam muloqot qiladi, asosan yuvinishga va ovqatlanishga xonasidan chiqadi, ba’zida esa xonaga rafiqalaridan birini chaqirib turadi. Lekin yuragidagi dard uni qo‘yib yubormaydi. Xotinlarini uzoqdan kuzatadi – ular bilan bir ko‘z urishtiradi, bir arazlaridan hafsalasi pir bo‘ladi, bir jahl ustida jazolaydi, lekin dardlashmaydi. Hovlida bemaqsad kezinib yurgan itgina ba’zida unga tushungannamo qarab qo‘yadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Shunday kunlardan birida uyga to‘rtinchi xotinni – Faridani olib kelishadi. U yangi hayotga ko‘nikishi og‘ir kechadi – otasi tengi eridan jirkanadi, undan o‘zini himoya qilishga urinadi, hatto kaltak yeydi. Axiyri ko‘nika boshlaydi. O‘zi kabi yana uch ayoldan iborat jamoaga qo‘shila boshlaydi. Ba’zida dugonalik, ba’zida rashk va hasaddan iborat uy ichidagi intrigalarga aralashib qoladi.

    Atrof esa notinch – buyuk siyosiy evrilishlar shovqini bu chekka uyga ham yetib keladi. Sirli chol ham aslida ko‘ringaniday sodda, oddiy dehqon emas: uning yoniga bir oqlar keladi, bir bosmachilar. Xonasining to‘rida esa Buxoro zobitining mundiri turibdi. Bunday shaxs tog‘lar ichida nima qilib yuribdi? Kimdan, nimadan bekinyapti?

    Aslida uning boshqa, mudhishroq siri ham bor. Bu dardini har qancha yashirmasin, har kecha olislardan elas-elas quloqqa chalinadigan g‘amgin kuy isitmasini oshkor qiladi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Xullas, bir yo‘sinda davom etayotgan sokin hayot har tomonlama tahlika ostida qoladi: bir tomondan oqlar va qizillar o‘rtasidagi kurash, bosmachilar, amir qurshovi va boshqa siyosiy guruhlarning taloto‘pi ahyon-ahyonda uy devorlari ostiga yetib kelib, uning osoyishtaligiga tahdid solsa, boshqa tomondan Faridaning kelishi bilan uy ichidagi muvozanat buziladi. Uyning yolg‘iz  istiqomatchilari bo‘lmish ayollar o‘rtasidagi birdamlik va raqobat, o‘zaro yordam va dushmanlik uy asosini tebrataveradi. Komil bu murakkabliklarni yechib, komfort zonasida qola oladimi? O‘zi o‘rganib qolgan turmush tarzini saqlay biladimi?

    Filmda bu savolga javob bor. Lekin boshqa savollarga javob yo‘q. Komilning kimligini, nega bu ovloqlikda pusib yashayotganini, ichida nima dard borligini rejissor bizga aytmaydi. Buni tomoshabin o‘zi hal qilib olishi kerak. Yoki shunchaki javoblarning ahamiyati yo‘q.

    Talqin

    Film syujetini har xil nuqtayi nazarlardan har turfa talqin qilish mumkin. Bu holat yuqorida esga olingan yopiq namoyishda ishtirok etgan kinochilar va tanqidchilar bildirgan fikrlarda ham aks etdi. Kimdir filmda ramzlar va ishoratlar o‘yinini ko‘rdi: xotinlardan qaysi biri nimaning ramzi ekani, it nimani timsollantirishi borasida taxminlar bildirildi. Kimlardir esa kartinada siyosiy voqealar boshqa rakursdan ochib berilganiga, aslida bu tarixiy film ekaniga urg‘u berdi.

    Bugungi san’at tanqidida har qanday asarni bir necha xil talqin qilish mumkinligi e’tirof etiladi. San’at asari mohiyatan emotsional hayajon mevasidir – ijodkor doim ham “bu yerga bunaqa ramz tiqaman, buning ortiga esa bunday ma’no yashiraman” deb reja qilmaydi. U shunchaki ijodiy hayajonini asarida aks ettirishga urinadi, bunda hatto o‘zi kutmagan natijani olishi, kutmagan ma’noni ifodalab qo‘yishi mumkin. Shu bois “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”dan ramziylik, majoz qidirganlaram, to‘g‘ri tarixiy syujet ko‘rganlaram ma’lum ma’noda haq. Faqat bir masala bor.

    Gap shundaki, kinematograf ko‘p qatlamli san’at turi hisoblanadi. Unda syujet doim ham birinchi planda emas, u ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Ba’zida kino ijodkori syujetdan ikkilamchi maqsadda foydalanadi – uning yordamida vizual effektlarni, ranglar o‘yinini, xilma-xil planlarni, kostyumlarni, tabiat manzaralarini, aktyorlar performansini, nozik hissiy o‘yinlarni ko‘rsatib, tomoshabinga zavq ulashishga urinadi. O‘zi syujetni tahlil markaziga qo‘yish, filmning mazmunini undan qidirish ko‘p tanqidlarga uchraydigan yondashuvdir – ko‘pgina professional tanqidchilar syujetni bir chetga surib qo‘yib, videoqatorni, aktyorlar ijrosini, sahnalar postanovkasini baholaydi. Qolaversa, nafaqat kinoda, umuman san’atning hamma turlarida quruq ramzbozlik allaqachon primitiv priyomga aylanib ulgurgan. Hozirgi san’atda uslublar shunchalik ko‘payib va murakkablashib ketganki, “falon obraz aql ramzi, falon obraz kibr ramzi” qabilidagi qo‘pol tashbehlar bilan hech kimni hayron qoldira olmaysan.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Yolqin To‘ychiyevning qalbiga kirib chiqish imkonsiz, u qaysi yo‘ldan borganini, nimani maqsad qilganini taxmin qilish mumkin xolos, shunga qaramay, film katta mehr va e’tibor bilan suratga olinganiga, har bir kadr ustida ko‘p ishlanganiga qarab, u bu qadar sodda ramz o‘yini qilmaganiga, ko‘p qatlamli konsept taqdim etganinga ishonmoqdaman. Ushbu matn professionallarga mo‘ljallangan taqriz emas, bo‘lajak tomoshabinlarda kino haqida tasavvur uyg‘otishga qaratilgan taassurotlar jamlanmasi bo‘lganidan foydalanib, chuqur tahlilsiz o‘z subyektiv, shaxsiy tushunishimni keltiraman.

    Mening talqinim bo‘yicha, kartinada odamlardan ko‘ra jonivorlarga va narsa-buyumlarga ramziylik ko‘proq bag‘ishlangan. Ko‘zimga yaqqol tashlangan ramzlar it va uy bo‘ldi – operator ularga ko‘p e’tibor bergani uchun bo‘lsa kerak. It va uy simvolikada ko‘p ramziy ma’nolarni beradi, lekin bu obrazlar negizida men sezgan narsa mifologik simvolizmdan ko‘ra shunchaki komfort, sokinlik va farog‘at bilan bog‘liq. Ular filmga mana shunday atmosfera berishga xizmat qilgan, nazarimda. Film bizni ulkan sershovqin olam ichida, bir chetda og‘ir mehnat evaziga yaratilgan ichki olamga, o‘ziga xos ichki tartib o‘rnatilgan mitti dunyoga olib kirib qo‘yadi. Bu – komfort zonasi. Bosh qahramonlar umr kechirib o‘rganib qolgan komfort zonasi.

    Yana bir jihat – bu uy hamma uchun ham komfort zonasi bo‘la olmaydi. Kimlardir bu yerda yashayverib o‘rganib ketgan, baxt deganda shu hayotni tushunadi; kimlardir esa unga moslasha olmaydi va undan qutulganidagina o‘zini baxtli va erkin his qiladi. Lekin uning kelib-ketishi muvozanatni izdan chiqarib bo‘lgan edi – boshqa qahramonlar ham bu zonani birin-ketin tashlab keta boshlaydi, axiyri uyda uni qurgan kishigina qoladi. Bunga ikkita omil sabab bo‘ladi.

    Birinchidan, tashqaridan qaraganda juda sokin va baxtiyor bu hayot mudhish sir va doimiy tahdid ustiga qurilgan. Bu yerdagi farog‘at, komfort turli omillar ta’sirida buzilib, vayron bo‘lib bormoqda. Tashqarida qurollangan, har xil rangdagi bayroqlarni ko‘tarib olgan to‘dalar izg‘ib yurgani yetmaganidek, ichkarida ham konfliktlar bor – bir tom ostida kelishib yashash uncha oson emas aslida. Bu komfortni asrashi lozim bo‘lgan uyboshini esa nimadir qiynaydi – o‘tmish ruhlari, gunohkorlik hissi, qo‘rquv, keksalik va yaqinlashayotgan o‘lim oldidagi vahima. U harakatlana olmaydi, muammolar chigallashib boraveradi, u vaziyatni qo‘lga olib, chora ko‘rish o‘rniga vaziyat asiriga aylanadi, hech narsa qilishga o‘zida kuch topa olmaydi va umri davomida qurgan omonat baxt qasrining qulashini kutib yashaydi. Qayerdadir eski qattiqqo‘lligini eslab, do‘q qilib qo‘ygan, hatto qotillik uchun qo‘liga qurol olgan bo‘lsa ham, baribir zamoni tugayotganini sezadi va kutilmaganda ilgarigi o‘ziga xos bo‘lmagan odamiylikka, mehribonlikka qo‘l uradi. Eski zamon tugayapti, u bilan birga Komil ham o‘tmishga aylanib bormoqda. Qarshilik ko‘rsatish, chiranish befoyda – pirovardida uy va uning egasi o‘tda kuyib, yangicha musiqa sadolari ostida yangi davrga yo‘l ochib beradi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” ramziy o‘tmishning tugashi va ramziy bugunning boshlanishi kesishgan nuqtada yashashday omadsizlikka uchragan odamlarning og‘ir taqdiridan hikoya qiladi.

    Ijro

    Ikki soatdan ko‘proq davom etadigan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”da syujet fokusi u obrazdan bu obrazga o‘tib turadi. Boshida Faridani bosh qahramon deb o‘ylasang, keyin boshqa xotinlar birin-ketin sahnaga chiqa boshlaydi. Keyinroq uy xo‘jayini – Komil bo‘y ko‘rsatadi. Shu tariqa xronometrajning asosiy qismini qoplaydigan besh qahramonning ijrosidan ketma-ket bahramand bo‘lamiz. Qolganlar epizodik rollarda.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Bosh qahramonlarning bari yorqin, esda qolarli ijro etilgan. Uy istiqomatchilaridan har birining o‘ziga xos qiyofasi, xarakteri, gapirish uslubi bor. Har bir personajning o‘z dardi, maqsadlari, ushalmagan orzulari, qo‘rquvlari, o‘tmishi, bekgraundi bor. Ular buni nigohlarida, yuzidagi his-tuyg‘u o‘yinida aks ettiradi. Ularning hayotiy tajribasi fe’l-atvorida aks etadi: yoshlar irg‘ib, sakrab, o‘ynab yuradi, tog‘u tosh ichidan ko‘ngilxushlik qidiradi; o‘rta yoshi rashk va raqobat o‘tida yonib, nozik taxt o‘yinlarini olib boradi; yoshi ulug‘lar vazmin ko‘rinsa-da, yoshlarni tushunishga, ularga yordam berishga harakat qilsa-da, ular ham ba’zida hissiyotga beriladi, qo‘li qaltiraydi, yuragi rashkdan yonadi, ko‘zi namlanadi.

    Nafaqat menda, ko‘pchilikda Elmira Rahimjonova va Yulduz Rajabova jonlantirgan obrazlar chuqur taassurot qoldirdi. Ikkisi – ikki xil dunyo, ikki xil stixiya. Biri uni o‘rab turgan purviqor tog‘larday sokin va dono, ikkinchisi o‘zi atrofida aylanib raqsga tushgan gulxanday o‘ynoqi, tuyg‘uga beriluvchan, serzarda, hissiyotli va xavfli. Ikkisi ham bir uyda kelishib yashab, baxti uchun kurashadi. Tabiati har xil, ammo qalblari yaqin kundoshlar pirovardida hech qanday baxt abadiy davom etmasligini tushunadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Filmning o‘rtalaridan markazga Bahrom Matchonov olib chiqiladi. Xonasidan deyarli chiqmaydigan, xotinlariga yo‘ldosh emas, bir lahzalik ehtiros obyektiday qaraydigan, patriarxal turmush tarziga, birovlarning tuyg‘ulari bilan hisoblashmay istaganini olishga o‘rganib qolgan bu shaxs kutilmaganda chuqur obraz bo‘lib chiqadi. Kezi kelganda xiyonat ehtimoli tufayli jodida ayolning barmoqlarini kesib tashlashdan tap tortmaydigan bu qo‘pol erkak sekin-asta o‘zgarib boradi, yoxud ichki salohiyatini namoyish etadi, uni yillar davomida o‘rab turgan ayollarga mehr ko‘rsata boshlaydi, odamiylik uchqunlarini namoyish etadi. U o‘zi botqoqqa botib ketayotganini ko‘rib, hech bo‘lmasa unga umrini bag‘ishlagan ayollarni bundan qutqarishga qaror qiladi. O‘zi yaratgan olamni saqlab qololmaganga yarasha, boshqalarni bu olam ichidan chiqarib yuboradi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Personajlarni dialoglar juda yaxshi ochib bergani diqqatimni tortdi. Sifatli dialoglar zamonaviy o‘zbek kinosining asosiy muammolaridan biridir – ko‘p filmlardagi suhbatlarni eshitib, ularning bo‘shligidan, notabiiyligidan dahshatga tushaman. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” bu ma’noda menda iliq taassurot qoldirdi. Avvalo, dialoglar ancha jonli, hayotiy, obrazlarni ochib berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kino mualliflari bayonchilikdan qochgan. Bayonchilik, ya’ni tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan narsangni qahramonlar tilidan aytib berish eskirgan, badiiyyatni o‘ldiradigan priyom hisoblanadi. Dialoglar tomoshabinga vaziyatni ipidan ignasigacha tushuntirib berishi kerak emas, ular qahramonlarning ruhiyatini ochib berishi lozim. Aytilmay qolgan ma’nolar esa nigohlar va harakatlardan o‘qilishi darkor. Filmda Yolqin To‘ychiyev bu natijaga, qisman bo‘lsa ham, erishgan.

    Operator ishi

    Film operatori Bahodir Yo‘ldoshevning sa’y-harakatlarida bir qancha atoqli rejissor va operatorlarning ta’siri sezildi. Xususan, plan va fokus o‘zgarib turadigan uzun kadrlarda Alexandro Gonsales Inyarritu hamda uning “Byordmen”, “Omon qolgan” singari eng mashhur kartinalari operatori Emmanuel Lyubetski Morgenshternning uslubidan ilhom olingani ko‘rinib turibdi. Gap nimadaligini tushunishni istaganlarga yuqoriroqda tilga oling kinolarni ko‘rishni maslahat beraman.

    Bundan tashqari, operator juda go‘zal tabiat manzaralarini yarata olgan. Yirik plandagi tog‘, dala, daraxtzor peyzajlariga uzoq tikilib qolish mumkin.

    Albatta, kadrning uzun-qisqaligi, statik-dinamikligi – bularning qay biri ma’qul kelishi didga bog‘liq. O‘ta dinamik, kadr tez-tez almashib turadigan blokbasterlarga o‘rgangan tomoshabin Bahodir Yo‘ldoshev qo‘lidagi kameraning havoda sokin suzishidan zerikib qolishi hech gapmas. An’anaga ko‘ra, uzun kadr asl kinematografik kadr hisoblanishi tufaylimi, Andrey Tarkovskiy filmlarini juda yaxshi ko‘rishimdanmi, bilmadim, kadrlardagi sokinlik menga ma’qul keldi, ulardan zavq oldim.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    O‘rta planlarning ko‘pligi, shuningdek, bir kadrda bir necha qahramonni turli holatda ko‘rsatish, qahramon izidan borish kabi priyomlarni ham qayd etib o‘tay.

    Kostyumlar, uslub

    Film voqealari, garchi tarixiy siyosiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lmasa ham, tarixiy voqelik kontekstida kechadi. Unda realizmni, tabiiylikni ta’minlash uchun tarixiy anturaj yaratish lozim edi. Shuning uchun aktyorlar egnidagi kostyumga ko‘p e’tibor berilgan: ayollar o‘z mintaqasiga oid liboslarda yuradi, erkak zamonaga xos to‘nda va yaktakda namoyon bo‘ladi, har zamon-har zamonda ularni yo‘qlab turadigan ikkinchi darajalik qahramonlar esa tegishli davrning, tegishli harbiy va siyosiy guruhlarning formasida yuradi. Zamonaga xos autentik buyumlar personajlarni o‘rab turadi, lekin, qizig‘i shundaki, ularning ayrimlari bugungi kunga qadar o‘zgarmagani bilan go‘yoki ko‘rsatilayotgan o‘tmishni bugun bilan bog‘laydi.

    Shu bilan birga, bu o‘tmish atributlari, liboslar, buyumlar qiyofasizdir. Men arxiv titkilab, har bir detal ustida izlanmadim, biroq o‘ylashimcha, ko‘pgina buyumlar aslida ko‘rinishdan eskilik qiyofasiga ega, lekin aynan ekranda ko‘rsatilayotgan davrga mansub bo‘lmasligi mumkin. Zotan filmning maqsadi boshqa – u tarixiy reallikni, o‘tmish turmush tarzini yuz foiz to‘g‘ri rekonstruksiya qilishga qaratilmagan. U tarix girdobidagi odamlar taqdirini tadqiq etadi.

    Xulosa

    “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” haqida yana ko‘p fikr yuritish mumkin. Aktyorlar ijrosi, postanovka, syujet, dekoratsiya, montaj, operatorlik ishi haqida juda uzoq yozsa bo‘ladi. Lekin bunday bayon nomutaxassis o‘quvchiga qiziq bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Muhimi shundaki, o‘zbek kinematografida ham ko‘ruvchining diqqatini tortadigan qiziqarli voqealar ketma-ketligiga ega, ham badiiy-texnik jihatdan saviyali film paydo bo‘ldi. U O‘zbekiston nomidan “Oskar” mukofotiga ilgari surilishi ham bejiz emas.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    To‘g‘ri, “Oskar”da g‘alaba qozonish oson emas – raqobat juda kuchli, qolaversa, AQShda, Yevropada, Yaponiyada, Xitoyda, Koreyada ham millionlab muxlislarda qiziqish uyg‘ota oladigan darajada dinamik, ham badiiy-texnik tomondan yetuk filmlar oladigan rejissorlar ko‘payib ketgan. Ular bilan raqobatlashishning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” kamida o‘zbek kinosini xalqaro davralarda munosib taqdim etib bera oladi. Hozircha u buning uddasidan chiqyapti – “Moskva premyerasi” festivalida gran-pri yutdi, shuningdek, “Oltin globus”ga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi.

    Kartinaga bu yo‘lda omad tilab, so‘zimni bir mulohaza bilan yakunlayman.

    “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” har qancha realistik, hatto joyi kelganda qo‘pol, beshafqat tuyulmasin, aslida u anchayin romantik, mehribon filmdir. Qahramonlarning qiyofasi, kayfiyati yirik va o‘rta planda qayta-qayta namoyish etilishi, ular ayovsiz tarzda ruhiy qiynoqlar girdobiga otilishiga qaramay, aksariyat qattiqqo‘l, hissiyotli sahnalar yo uzoqdan ko‘rsatiladi, yo kamera ortida o‘tib ketadi. Aslida Shuhrat Abbosovdan so‘ng qattiqqo‘llikni kadrda ko‘rsatishga cho‘chimaydigan rejissorlar qolmadi hisob – qolgan o‘zbek rejissorlari og‘ir zarba va zo‘ravonlik arafasida kamerani boshqa yoqqa qaratadi yoki o‘chiradi. Bu kamchilik emas, bu – uslub va did masalasi.

    Kartina yakuni ham, qanchalar qayg‘uli tuyulmasin, ijobiy konnotatsiyalarga ega. Bosh qahramonlarning baxt maskaniga aylanib qolgan uy yo‘q bo‘ladi. Lekin olov faqat halokatdan emas, yangilanishdan ham darak beradi. Aslida bosh qahramonlarning deyarli hammasi ularni bir yerda ushlab turgan, o‘zgarishdan, yangilanishdan to‘xtatib turgan o‘tmish yukidan qutuladi, yangi olamda o‘z o‘rnini qidira boshlaydi. Kimdir o‘rnini topadi, kimdir moslasholmay, o‘tmishni qo‘msab yashashda davom etadi. Hatto izlanishni istamaganlar esa o‘tmishga qo‘shilib kul bo‘ladi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” insonning ichki kurashidan tortib butun boshli jamiyatlardagi evrilishlarda birday ishlaydigan ana shunday universal qonuniyat negiziga qurilgan.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    17.12.2020, 15:49   Izoh (0)   36998
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zinat Aman: Kinoda muvaffaqiyat qozongan, shaxsiy hayotda baxt topa olmagan hind aktrisasi (foto)

    17.12.2020, 12:36

    Keksayganidan so‘ng shuhrat qozongan Bollivud aktrisalarining yoshligidagi ko‘rinishi (foto)

    15.12.2020, 20:44

    “Shrek” multfilmi AQSh milliy boyligiga aylandi

    15.12.2020, 17:39

    “Krudslar oilasi 2” multfilmi bir hafta ichida yana 3 mln dollar to‘plab, Amerika prokatida birinchi o‘rinni egalladi

    15.12.2020, 13:24

    “Shum bola”dagi Omon — Saidkarim Saidoripov 57 yoshda vafot etdi

    15.12.2020, 11:21

    Kinolarda davlat rahbarlariga aylangan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    14.12.2020, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.