• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Klara Jalilovaning o‘g‘li Furqat Ahmedov onasining so‘nggi kunlari va ijoddagi armoni haqida so‘zlab berdi

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 20-noyabr kuni 83 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Aktrisa “Maftuningman” filmidagi bosh qahramon Yulduzxon obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan edi.

    O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va Klara Jalilovaning o‘g‘li Furqat Ahmedov jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda onasining so‘nggi kunlari to‘shakka mixlanib qolgani hamda o‘y-kechinmalari, armonlari haqida so‘zlab berdi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Onani yo‘qotish og‘ir ekan”

    Ona necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, baribir uni yo‘qotish og‘ir kechar ekan. Yil boshida onam bilan muborak Umra safarida bo‘lib qaytdik. Kayfiyatlari a’lo darajada edi. Onam tabiatan ozodalikni xush ko‘radigan inson edi. Sakson yoshdan oshdim, endi bu ishlarni qilishim shart emas, demasdi. Kelinlardan avval turib, ko‘p qavatli uy yonidagi hovlilarni tozalab qo‘yardi. Afsuski, Ramazon oyida saxarlikdan so‘ng ko‘chalarni tozalashga chiqqanda, oyog‘i zinadan toyib yiqilib tushdi. Keksalik sabab, kichik jarohat ham qattiq azob berdi. Qariganda dardning kelishi oson, ketishi qiyin deyishgani shu bo‘lsa kerak.

    Onam kenja ukam Shavkat bilan birga turardi. Ahvollaridan hamisha boxabar bo‘lib turish uchun yotoqxonalariga kichik kamera qo‘yib qo‘ygandim. Deyarli har ikki soatda aloqaga chiqardim. “Xavotir olma, men yaxshiman, tez orada sog‘ayib ketaman”, deb kulib qo‘yardi. Ko‘nglim sezgandek o‘limlaridan avval barcha qarindosh-urug‘larga qo‘ng‘iroq qilib: “Onamdan rozi-rizolik olinglar” degandim. Katta-yu, kichik ziyorat qilib, ko‘ngillarini ko‘tarishdi. Ustoz deb bilgan san’at vakillari ham tashrif buyurishdi. Afsuski, 20-noyabr kuni, tonggi soat 07:30 da jonlari uzildi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Ikki turmushi ham baxtli yakunlanmadi”

    Onam rahmatli “Hayotda chiroyli ayollarga nihoyatda qiyin” degan gapni ko‘p aytardi. Chunki u haromdan nafratlangan, san’at uchun ham nomusini sotishni istamagan ayol edi. Shuning uchun ham hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchragan. Afsuski, dushmanlar unga juda og‘ir zarbalarni berishgan. Arxivdagi qo‘shiqlarining suv bosib ketishi ham aynan taklifni rad etgani bilan bog‘liq. Otam bilan ajrashgach, bir necha yildan so‘ng Rustam Nig‘matov ismli changchi ijodkor bilan oila qurgan. U inson o‘ta ziyoli professor edi. Onam ikkinchi turmushidan Shuhrat va Shavkat ismli ukalarimni dunyoga keltirdi. Afsuski, ikkinchi turmush ham omadli yakunlanmadi.

    “Onam ikkinchi turmushidan ajrashganida tushkunlikka tushib qolgandi”

    Ajrim farzandlar ruhiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, ammo peshonada borini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Hamisha O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovning farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Ammo omadsiz ikki turmushdan keyin onamga ham juda qiyin bo‘lganini eslayman. Mendan ko‘ngillari to‘q bo‘lgani uchunmi bilmadim, “Ikki bolani otasiz qanday katta qilaman?” deb tushkunlikka tushib qolgandi. U moddiyatni emas, ko‘proq ma’naviy tomon haqida o‘ylardi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Onam kinoda faoliyat yuritishimni istamagan”

    Rostini aytsam, buni mendan avval onam istamagan. “Men o‘qimadim, sen o‘qi”,  deb ko‘p aytardi. Aslini olganda onam oliy ma’lumotli ijodkor edi. Onam o‘qishimiz uchun pul ayamasdi. Yil boshida qo‘limga 100 so‘m pulni berib: “Istagan gazeta-jurnalingga obuna bo‘l”, derdi. U paytlarda bu pulning qiymati ancha katta edi, shu bois o‘ndan ortiq gazeta-jurnallarga yillik obuna bo‘lardim. Bolaligimiz faqat o‘qish va o‘rganish bilan o‘tdi. Shu boisdan ham tarix fakultetiga hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘qishga qabul qilinganman. Ammo 1995-yilda rejissor Shavkat Junaydullayev “Charxpalak” serialiga taklif etgan. U yillarda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanardim. Taklifni o‘ylab o‘tirmasdan rad etganman. Ammo bir necha soatdan keyin otam qo‘ng‘iroq qilib tezda teatrga yetib kelishimni so‘ragan. Borsam, xonalarida Shavkat Junaydullayev o‘tiribdi. “Bu rejissor yaxshi serial suratga olayapti, ssenariy ma’noli, men ham suratga tushaman, senga ham rol bor” degan. Shu bois “Charxpalak” serialidagi boyning yordamchisi rolini majburan qabul qilganman.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Onam hamisha yaxshi rollarni kutib yashardi”

    Onam haqiqiy ijodkor edi. Hamisha yaxshi rollarni kutib yashardi. Biror rolga yoki tadbirga taklif etishsa, alohida tayyorgarlik bilan borishi, har narsaga e’tiborli ekanliga hayratimni oshirardi. Onam so‘nggi yillarda “Qaynona”dek (Ozarbayjon filmi) kino olinsa-yu, unda qo‘shiq aytadigan qaynona rolini ijro etsam derdi. Afsuski, endi bu gaplardan foyda yo‘q.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Inson tirikligida izzat-hurmat ko‘rsatish kerak”

    Onamning o‘limlaridan ko‘ngilni xira qiladigan voqealar ham bo‘ldi. Avvalo, insonga o‘lmasidan avval izzat-ikrom ko‘rsatish kerak. Ayrim tashkilotlar o‘sha odam o‘lmasidan avval ozgina e’tibor berishganda edi… Biz bilmaymiz, o‘limdan keyingi gaplar marhumning qulog‘iga yetib borayaptimi yoki yo‘q. Qaniydi, ko‘zlari ochiq, quloqlari eshitib turgan paytda bu gaplar aytilganda, inson ko‘ngli ko‘tarilardi. Onam tiriklik chog‘larida bir bor xabar olishmadi, e’tibor berilmadi. Onamning o‘limi haqida xalqqa rasman xabar berishganida “Klara Jalilova 82 yoshida olamni tark etdi”, deyishdi va bu bilan  naqadar e’tiborsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi. Bu oddiy arifmetika — 1937-yil 8-iyulda tug‘ilgan inson bu yil 83 yoshni qarshilagan bo‘ladi. Ularga O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilovaning o‘g‘illari Furqat Ahmedovni topish muammo emasdi. Hatto, O‘zbek milliy drama teatri orqali ham men bilan aloqaga chiqish mumkin.

    Mavzuga doir: Klara Jalilovaning betob ekanligi xabar qilindi. Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyeva aktrisani yo‘qladi (video)

    15.12.2020, 18:16   Izoh (0)   50822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom dinini qabul qilgan jahon yulduzlari (foto)

    15.12.2020, 15:13

    Hilton mehmonxonasidagi yulduzli to‘y: Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova ikkinchi marta turmushga chiqdi (foto, video)

    15.12.2020, 10:59

    Foto: Bollivud yulduzlarining eng ko‘p pul sarflangan to‘ylari

    14.12.2020, 17:14

    Turk aktrisasi Fahriye Evjen tug‘ruqdan so‘ng qanday qilib vazn kamaytirish sirini ma’lum qildi

    14.12.2020, 12:32

    “Eronlik Anjelina Joli” 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi (foto)

    13.12.2020, 21:57

    Yulduzli juftliklar uchrashishni boshlaganidan buyon qanchalik o‘zgargan? (foto)

    13.12.2020, 19:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.