Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova 14-dekabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ganya va Shuhratning to‘yi Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. To‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, xonandalar DJ Piligrim, Rashid Xoliqov va yana bir nechta estrada guruhlari xizmatda bo‘ldi. Tantanani taniqli rossiyalik boshlovchi Aleksandr Beliy va teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva olib bordi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Ganya Toshkentdagi “Grilyaj” restoraniga egalik qiladi. Shuningdek, u o‘z nomi bilan ataluvchi brend asoschisi hamdir. Ganya 2017-yilda bir paytlar Munisa Rizayeva bilan uchrashib yurgan tennischi Vaja Uzoqovga turmushga chiqqandi. To‘ylari katta dabdaba bilan o‘tgan ushbu juftlik ko‘p o‘tmay ajrashib ketgan.
Mavzuga doir:
- Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y: “Novda” filmi bilan tanilgan aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissorga turmushga chiqdi (video)
- Vohidjon Isoqov uylandi. To‘yda Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova va yana 10 dan ortiq xonanda qo‘shiq kuyladi (foto+video)
- Aktrisa Aziza Yoqubova ikkinchi marta turmushga chiqdi (video)
- Raqqosa va aktrisa Shodiyora Omonova turmushga chiqdi (foto, video)
- Xonanda Sevara turmushga chiqdi (foto, video)
Izoh (0)