Xonandalar Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyeva betob yotgan taniqli aktrisa Klara Jalilovaning holidan xabar oldi.

Foto: “Darakchi.uz”

“Kecha Yulduz Turdiyeva bilan ustoz san’atkor Klara Jalilovani xonadonlarida bo‘ldik. Ustoz 85 yoshni qarshilabdilar, lekin yosh ko‘rinadilar. Bundan ilgari hayit kunlari kelib ketganimda sal betobliklaridan xabar topgan edik. Nima kamchilik desak, hamma narsam yetarli o‘g‘illarim juda yaxshi qarashyapti, Allohga shukur, dedilar. Hozir ancha yaxshilar! Farzandlaridan Alloh rozi bo‘lsin”, — deb yozadi Ozoda Nursaidova jarayon aks etgan video bilan bo‘lishib.

Videoda xonandalarning Klara Jalilova bilan suhbatlashib, uning ko‘nglini ko‘tarayotgani aks etgan. Ozoda Nursaidovaning yozishicha, etika nuqtayi nazaridan videoda Klara Jalilovaning yuzini ko‘rsatmaslikka qaror qilingan.

View this post on Instagram

Assalom alaykum Azizlar! Kecha Yulduz Turdieva bilan @yulduz_turdiyeva_official ustoz san’atkor Klara Jalilovani xonadonlarida bo’ldik. Ustoz 85 yoshni qarshilabdilar lekin yosh ko’rinadilar. Bundan ilgari xayit kunlari kelib ketganimda sal betobliklaridan xabar topgan edik.Nima kamchilik desak hamma narsam etarli o’gil farzandlarim juda yahshi qarashyapti Allohga shukur dedilar... Xozir ancha yaxshilar !Farzandlaridan Alloh rozi bulsin🙏Mana bu safar kamtar, yaxshilik uchun doim hozirjavob xalqimiz suygan honanda @yulduz_turdiyeva_official bilan birga yana ustozni yuqlagani keldik. Ideas Medical Kompaniyasi @ideas_medical medic krovat hadya qildi. Alloh rozi bolsin hammalaridan. ( Ustozni uzlarini etika nuqtai nazaridan videoga olmadik. Xali o’zlari aloxida Uzbek xalqiga salom yollaydilar )

A post shared by O Z O D A (@ozodaofficial) on

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958-yilda suratga olingan “Maftuningman” filmidagi bosh qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan.

Klara Jalilova “Chinor ostidagi duel”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kulol va xumcha”, “So‘nggi lahza” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.