• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmi loyihasi boshlandi

    O‘zbekistonning barqaror rivojlanish tomon sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun BMTning bir qator agentliklari hukumatga davlat va xususiy moliyalashtirishning yangi shakllari bilan mavjud resurslardan foydalanadigan keng qamrovli moliyalashtirish tuzilmasini ishlab chiqishda yordam berish uchun o‘z kuchlarini birlashtiradi.

    BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi matbuot kotibi Behzod Umarovning ma’lum qilishicha, ishga tushirilayotgan yangi qo‘shma dastur O‘zbekiston hukumatiga qashshoqlikni kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tengligini targ‘ib qilish va samarali boshqaruvni ta’minlashga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini moliyalashtirishning umumiy tuzilmasini mustahkamlashda yordam beradi.

    Shu kunlarda boshlangan “O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmi (MBMM)” loyihasi dastlab 2022-yil oxirigacha davom etadi va O‘zbekiston Moliya vazirligi binosida joylashadi. BMT Taraqqiyot Dasturi ushbu qo‘shma dasturga tashkilotning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.

    BMTning doimiy koordinatori Helena Freyzerning aytishicha, BMTning hukumatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ushbu qo‘shma dasturi uchun vaqt juda to‘g‘ri tanlangan, chunki mamlakat COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan qutulishga intilmoqda.

    “Ushbu qo‘shma dastur hukumatga muqarrar ravishda moliyaviy oqimlarning pasayishiga olib keladigan narsalarni o‘zgartirishga, hukumatning Barqaror rivojlanish maqsdalari (BRM)ning ulkan marralariga erishish bo‘yicha tezkor yechimlarni topishga yordam beradi va bunda ayniqsa sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratiladi”, – dedi u.

    Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ta’kidlashicha, barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lajak mablag‘ miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun har tomonlama baholashlarni amalga oshirish zarur.

    “Biz O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmini yaratish bo‘yicha ushbu qo‘shma dastur bu masalada bizga yordam beradi deb umid qilamiz”, — dedi u.

    Qo‘shimcha qilinishicha, hukumat rivojlanish bo‘yicha milliy ustuvor vazifalarga va BRMga erishish uchun turli manbalardan, shu jumladan, davlat budjeti va tashqi qarzlarni o‘z ichiga olgan moliyalarni jalb qilmoqda.

    BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta’kidlashicha, MBMM O‘zbekistonning milliy rivojlanish strategiyasi va ularni moliyalashtirishni Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqlashtirishga imkon beruvchi keng qamrovli asosdir.

    “Dastur davlat va xususiy moliyalashtirish bo‘yicha yechimlarini ishlab chiqadi va mavjud mablag‘lardan samarali foydalangan holda yangi resurslarni jalb qilishga yordam beradi. BMT Taraqqiyot Dasturi inklyuziv o‘sish va rivojlanishni moliyalashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lib, hukumat BRMga erishish uchun milliy moliyalashtirish mexanizmini yaratishga intilayotganida uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — dedi u.

    2030-yilga qadar belgilangan kun tartibi doirasida dunyo rahbarlari o‘z zimmalariga shu muddatgacha qashshoqlikni tugatish bo‘yicha hech kimning ortda qolmasligini ta’minlash bo‘yicha katta majburiyatlarni oldi. Biroq yetarli resurslarni ta’minlash asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar yiliga 2,5—3 trillion dollar miqdoridagi kamomadga duch kelmoqda.

    Jahon moliya tizimining hajmi, ko‘lami va murakkabligi darajasini hisobga olgan holda, milliy taraqqiyotni moliyalashtirish nazariy jihatdan mavjud, ammo asosan xususiy ravishda ta’minlanadigan bunday moliyalash ko‘pincha mintaqalar va unga eng muhtoj odamlarga yetib bormaydi. Biroq davlat moliyalashtirishi va xususiy investitsiyalarni BRMlarga yo‘naltirish imkoniyatlari mavjud. Davlat budjetlari, moliya bozorlari, xususiy investorlar, xayr-ehsonlar va pul o‘tkazmalari budjet kamomadini hal qilishda juda muhimdir.

    BRM — O‘zbekistonda

    O‘zbekiston 2030-yilga qadar kun tartibiga sodiqdir va uni hukumat uchun ustuvor vazifa qilib belgilab qo‘ygan. BMT ko‘magi bilan milliy BRM va vazifalar amaldagi va yangi tarmoq strategiyalari va dasturlariga kiritilmoqda. Biroq ushbu ulkan maqsadlarga erishish uchun O‘zbekistonga katta hajmdagi mablag‘lar kerak.

    2018-yili Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma bo‘yicha BRMlarga erishish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hisob-kitobi shuni ko‘rsatdiki, mamlakatga 2030-yilga qadar YaIMning 8,7 foizi atrofida qo‘shimcha mablag‘lar lozim bo‘lar ekan. Shu munosabat bilan XVJ qo‘shimcha resurslarni shoshilinch ravishda safarbar etishga chorladi.

    Qo‘shma dastur ushbu ehtiyojga javoban davlat moliyaviy resurslaridan yanada samarali, oshkora va natijalarga yo‘naltirilgan foydalanishni, shuningdek, milliy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari uchun davlat va xususiy mablag‘lardan yana-da muvofiqlashtirilgan va kompleks foydalanishni ta’minlaydi. Bu hukumatga moliyalashtirishning yangi manbalarini jalb qilishga, shu jumladan, bularni yashil obligatsiyalar va kraudfanding, pul o‘tkazmalari, jamg‘arma va investitsiyalar ko‘payishi va noqonuniy faoliyatdan musodara qilingan aktivlarni qo‘llash kabilar orqali amalga oshirishga yordam beradi.

    Qo‘shma dastur BMT Bosh kotibi tomonidan rivojlanishning yangi va innovatsion yondashuvlarini rag‘batlantirish va joriy etish orqali rivojlanish amaliyotini o‘zgartirish bo‘yicha barcha 17 global maqsadlar ustida ishlash uchun tashkil etilgan qo‘shma BRM jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

    Qo‘shma BRM jamg‘armasi BMTning doimiy koordinatorlari va BMTning mamlakat jamoalarini hukumatlar bilan hamkorlikda global, mintaqaviy va mamlakat darajalarida BRMlar yo‘nalishi bo‘yicha taraqqiyotga olib boruvchi aqlli moliyalashtirish strategiyalariga olib keladigan yaxlit va o‘zgaruvchan siyosatni rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Izoh: BRM qo‘shma jamg‘armasi quyidagi donor davlatlarning mablag‘lari hisobiga tuzilgan — Daniya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Irlandiya, Luksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya.

    14.12.2020, 17:44   Izoh (0)   6515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi videolarni internetga joylashtirganlar uchun 89 mln so‘mlik jarima joriy etilishi mumkin

    14.12.2020, 17:02

    O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati ko‘tariladi

    14.12.2020, 16:49

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi ma’lum bo‘ldi

    14.12.2020, 15:49

    Samarqandda davlatga salkam 56 mlrd so‘m zarar yetkazgan kadastr korxonasi mansabdorlari ustidan jinoyat ishi ochildi

    14.12.2020, 15:27

    O‘zbekistonning tog‘li hududlari va Farg‘ona vodiysida 15-dekabr kuni qor yog‘ishi mumkin

    14.12.2020, 13:38

    Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi (video)

    14.12.2020, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.