O‘zbekistonda 14—15-dekabr kunlaridagi ob-havo sharoitini Qozog‘istonning shimoliy hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida 14-dekabr kuni kunduzi qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kunduzi ba’zi joylarda va 15-dekabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘adi.
Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yordan 7—9 darajaga pastdir.
16-dekabrdan 18-dekabrgacha antitsiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanib, shimoli-sharqqa chekina boshlaydi. Shu kunlarda respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasi oxiriga kelib iqlimiy me’yorlarga yaqinlashadi. 18-dekabrga kelib, sovuq kechasi 0—2 darajagacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7—10 darajagacha isiydi.
Izoh (0)