Zak Nilson ismli taniqli texnobloger yangi iPhone 12 mini va 12 Pro Max smartfonlarining mustahkamligini tekshirib, ularning ustida o‘tkazgan tajribasini YouTube’dagi kanaliga joylashtirdi.

Kadr: IXBT

Sinov davomida Ceramic Shield qoplamali iPhone 12 mini va 12 Pro Max’ning ekranlari Moosa qattiqlik shkalasi bo‘yicha odatdagi 6 darajada tirnalgan. Nilsonning ta’kidlashicha, tirnalishlar iPhone 11’niki kabi chuqur emas. Umuman olganda, blogerlarning o‘zi hozirda bozorda sotilayotgan himoya oynalaridan foydalanishni tavsiya etgan. Uning yordamida telefon kalitlar bilan hamyonda qolib ketgan bo‘lsa-da, ekranga hech qanday shikast yetmaydi.

Shuningdek, ekran “zajigalka” yordamida 50 soniya davomida qizdirilganida u qoraymagan va odatda OLED-displeylari bilan sodir bo‘lgani kabi hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.

Buklash sinovida esa iPhone 12 mini kutilganidan mustahkamroq bo‘lib chiqqan, u umuman bukilmagan. O‘lchami jihatdan eng katta Apple smartfoni bo‘lgan iPhone 12 Pro Max ham shu kabi natijani qayd etgan.

Avvalroq iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max’ning ilk egalari o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan edi.