Shvetsiya 2022-yilga qadar milliy valyutaning raqamli analogiga o‘tish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat moliyaviy bozorlar va iste’molchilar huquqlari masalalari vaziri Per Bolundga tayanib “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 11-dekabr kuni elektron pulga o‘tishning potensial tadqiqoti boshlangan. Bu kabi imkoniyatni o‘rganib chiqish jarayoni 2022-yil noyabri oxirlarida tugashi kerak.
Noyabr oyida Shvetsiya radiosi mamlakat Markaziy bankining hisobotiga tayanib, Shvetsiyadagi barcha to‘lovlarning 10 foizdan kamrog‘ida naqd pullardan foydalanilishini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, Shvetsiya naqd puldan voz kechish tezligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Muomalada bo‘lgan naqd valyuta YaIMning 1 foizini tashkil etadi, Yevrozonada esa ushbu ko‘rsatkich 11 foizga teng.
Avvalroq angliyalik iqtisodiyotchilar markaziy banklarga o‘z raqamli valyutalarini chiqarishni tavsiya etgandi.
Izoh (0)