Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agar jahonning markaziy banklari o‘z raqamli valyutalarini chiqara boshlasa, ular iqtisodiyotga YaIMning 3 foizi miqdorida impuls berishi hamda moliyaviy o‘zgarishlar oqibatlarini yumshatishi mumkin bo‘ladi. Bunday xulosaga Angliya banki tadqiqotchilari Jon Berrdir va Maykl Kamxoflar keldi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Raqamli valyuta, naqd pul singari, shaxsiy xaridlarda ishlatilishi mumkin, shu bilan birga, u bank o‘tkazmalarida yuqori tezlikni ta’minlaydi — yirik summalarni bir lahzada dunyoning istalgan chetiga yetkazish mumkin bo‘ladi.

Bunda tijoriy banklar singari vositachilar pul aylanishi halqasidan chiqarib yuboriladi, shu tariqa, ortiqcha xarajatlar amalda nolga tushib qoladi.

Rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari, shu jumladan, Angliya banki va Kanada banki tajriba sifatida raqamli valyuta joriy qilish masalasini o‘rganib chiqmoqda.

“Banklar raqamli pul bilan raqobatlasha olmaydi”, — dedi bu haqda Stellar Consulting firmasi rahbari Piter Stella.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?