• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: “Mehr” bilan qaytarilganlar, o‘zbek sabzavoti bilan kurashayotgan Rossiya, Andijon va Buxorodagi “gaz g‘alayonlari”

    Dayjestimiz xabarlari xuddi o‘tib borayotgan hafta havosi singari har xildir. Iliq yangiliklar ham, sovug‘i ham bor. Eng so‘nggi xabar – YeOIIga kuzatuvchi bo‘lishimiz esa ayrimlar uchun iliq bo‘lsa, boshqalar uchun SSSRning sovuq shabadasi bo‘lib tuyulmoqda.

    Yaxshi xabardan boshlaymiz. Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 104 nafar fuqaro afv etildi. Afv etilgan shaxslarning olti nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 50 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, yana 17 kishining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 41 shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Natijada jami 63 kishi jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etildi.

    Yana bir yaxshi xabar: O‘zbekiston AQShning diniy erkinlik bo‘yicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan (Special Watch List) chiqarildi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatga 2019-yilda kiritilgandi.

    * * *

    O‘tgan yilning may va oktabr oylarida Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklar qaytarilgan edi. 8-dekabr kuni “Mehr” operatsiyasining davomi amalga oshirildi. “Mehr-3” operatsiyasi mobaynida Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 o‘zbekistonlik, ya’ni 25 ayol va 73 bola vatanga qaytarildi. Ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshirilishi aytildi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Xo‘sh, erkaklar-chi? Yaqin Sharqda qiyin ahvolga tushgan erkaklar qaytariladimi, yo‘qmi? Bu savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov: “ushbu operatsiya davomida birinchi navbatda eng muhtoj bo‘lgan bolalar va ayollar olib kelinyapti. Erkaklar masalasida o‘rganish kerak bo‘lgan jihatlar bor. Agarki, qo‘li qon bo‘lmasa, kimningdir qotili bo‘lmasa, vaqti kelib, Vatanga, albatta, qaytadi”, deb javob berdi.

    * * *

    Kunlarning sovib ketishiga doimiy hamroh bo‘ladigan gaz tanqisligi odamlarni ko‘chaga chiqishga undamoqda. To‘satdan gaz uzilishiga ko‘nikmagan aholi avtomobil yo‘llarini to‘sib mahalliy hukumat e’tiborini tortishga harakat qilmoqda. Aslida butun respublikada gaz ta’minoti ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, alifbo tartibida Andijon viloyatidagi norozilikdan boshlaymiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    10-dekabr kuni kechqurun Andijon shahrining “Hamdo‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi shaharning O‘zbekiston ko‘chasi va Bobur shohko‘chasi kesishmasidagi yo‘lning qatnov qismini to‘sishga harakat qildi. Sezganingizdek, 1,5 mingdan ziyod xonadonda gaz pastlab ketgani buning bosh sababi bo‘ldi.

    Shunday holat Buxoroda ham kuzatildi. Tarqagan videolarda ko‘rinishicha, 20 nafarcha ayol Buxoroning katta ko‘chalaridan birini to‘sib norozilik bildirmoqda. Aniqlanishicha, 949 ta xonadonda 5 610 kishi istiqomat qilayotgan “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni paytda tabiiy gaz bosimi pasaygan. Mas’ullar buni, har doimgidek, ob-havo sovub ketishi bilan izohlagan. Bu voqea Buxoro tumanida bo‘lgan.

    O‘sha kuni Buxoroning Qorako‘l tumanida ham aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Tumandagi “Do‘stlik” va “Qorako‘z” MFYlarida gaz muammosi aholini ko‘chaga chiqishga majbur qilgan. “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish uchun Buxoroda bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • “Bosim pasaydi emas, olti kun umuman gaz bo‘lmadi”. Buxoroda aholi aynan nima sababdan yo‘llarni to‘sdi?
    * * *

    Noyabr oyida Rossiya Farg‘onadan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq qo‘yganini yozgan edik. Hafta boshida esa Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rikda xavfli zararkunanda aniqlangani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga taqiq joriy etdi. Xavfli zararkunanda bu kapr qo‘ng‘izidir. Ko‘p o‘tmay xuddi shu tashkilot Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq qo‘ydi. O‘zbek mahsulotlarida jigarrang burishish virusi aniqlanganmish.

    Bu taqiqlar nimadan dalolat beradi? Haqiqatan ham milliy mahsulotlarimizda ayb bormi yoki siyosiy bosim vositasimi? Bu haqda aniq fikr yo‘q, ammo “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, quyi palata deputati Bobur Bekmurodov bu hol respublika eksport salohiyatiga ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olib, Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish kerakligini eslatdi.

    13-dekabr kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya qaytargan pomidor qayerda yetishtirilganini aytdi.

    Foto: “Rosselxoznadzor”

    Foto: “Rosselxoznadzor”

    “Biz barchasini aniqladik — pomidor Marg‘ilon bozoridan olib borilgan. Oxiri o‘sha pomidorni sotgan tadbirkorni ham qidirib topdik va mahsulot qayerda yetishtirilganini ham aniqladik. Biz u yerga ham bordik va issiqxonani tekshiruvdan o‘tkazdik. E’tiborli tomoni, unda ham kasallik aniqlanmadi. Bu ma’lumotlarni ‘Rospotrebnadzor’ karantin inspeksiyasiga yubordik”, dedi Bozorov.

    * * *

    Bundan oldingi xabarimizni navbatdagi xabar izohlashi mumkin. O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi-davlat maqomini oldi. 11-dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) videoanjuman shaklida o‘tgan sammitida bu e’lon qilindi. O‘zbekiston bilan birga Kuba ham YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Videotadbirda YeOIIga a’zo davlatlar — Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etdi.

    Mart oyining boshlarida esa O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shilishi ma’lum bo‘lgandi. May oyida Oliy Majlis O‘zbekistonning YeOII faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagandi. Ovoz berish jarayonida 100 senatordan 91 nafari ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qullab ovoz berdi, 16 senator qarshi chiqdi, to‘rt senator betaraf qoldi.

    Eng muhim va muhokamali xabarlarni “Daryo”da o‘qib boring. Ommaviy emlash boshlanguncha karantin qoidalariga rioya qiling.

    13.12.2020, 21:36   Izoh (0)   45307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida yopilib ketgan minglab masjidlar taqdiri nima bo‘ladi? Diniy qo‘mita vakili javob berdi

    13.12.2020, 20:54

    O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar ishtirokida Yangi yilga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi

    13.12.2020, 20:33

    O‘zbekistonda budjet tashkilotlariga Yangi yil munosabati bilan korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi

    13.12.2020, 20:18

    Shavkat Mirziyoyev Urganchda qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi

    13.12.2020, 19:59

    Xorazmda 2021-yilda 100 ta ko‘p qavatli uy quriladi

    13.12.2020, 19:17

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 14-dekabr kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

    13.12.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.