Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati 26-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan pomidor va qalampir mahsulotlarining mamlakat hududiga olib kirilishiga taqiq qo‘ydi. Taqiq sababi ularda karantin kasalligi tobamovirus aniqlanganligi aytilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, cheklovlar Rossiya hududiga virusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, urug‘li jigarrang burishgan virus (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) sabzavot ekinlariga zarar yetkazadi, barglarda dog‘lar hosil qilib, urug‘ deformatsiyasiga olib keladi.

“Agar virus yuqtirgan sabzavot sanoat issiqxonasiga tushib qolsa, bu undagi barcha o‘simliklarning to‘liq o‘limiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda