Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida xavfli zararkunanda — kapr qo‘ng‘izi aniqlangani sababli O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga taqiq joriy etdi, deb xabar berdi “Rosselxoznadzor” matbuot xizmati.

Foto: “Rosselxoznadzor”

Foto: “Rosselxoznadzor”

7-dekabr kuni onlayn muzokaralar chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston mahkamalari “Rosselxoznadzor” tomonidan quritilgan o‘rikni (1 tonna) karantinli fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish vaqtida Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun karantin obyekti hisoblangan kapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangani masalasi muhokama qilingan. “Farg‘ona viloyatidan yetkazib berilgan mahsulotlarning har bir kilogrammida 2 dona miqdorida mazkur zararkunandaning aniqlanishi ushbu partiyaning jiddiy zararlanganidan dalolat beradi”, — deb ta’kidlaydi Rossiya nazorat organi.

Kapr qo‘ng‘izi katta miqdorda zarar yetkazuvchi hasharot hisoblanadi. Uning mamlakat hududiga tarqalishi o‘simlik mahsulotlari, shu jumladan, g‘allaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

“Shu jumladan, bu Rossiyaning eksport salohiyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ‘Rosselxoznadzor’ barcha karantinosti mahsulotlarni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan olib kirishni taqiqlashga majbur bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

“Rosselxoznadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tegishli idoralari Rossiya vakolatli organiga karantin obyekti topilgan, nazorat ostidagi tovarlar saqlanadigan omborlarni tekshirish bayonnomalarini yuboradi.

Foto: “Rosselxoznadzor”

Foto: “Rosselxoznadzor”

Trogoderma granarium Ev. hasharotining Rossiya hududiga olib kirilishidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar Rossiyaga faqatgina tovar mahsulotlarini aniqlash va yo‘q qilishning o‘zi uchun yiliga 5 milliard rubldan (68,1 million dollar) ko‘proqqa tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni “O‘zdavkarantin” matbuot xizmati Rossiya tomonidan yuborilgan fotosuratlar Markaziy karantin laboratoriyasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgani, tekshiruvlarda ko‘rsatilgan obyektning kapr qo‘ng‘izi emas, balki Markaziy Osiyo va Rossiyada uchrab turadigan qo‘ng‘izlarning boshqa turi (Trogoderma) ekani aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Onlayn muzokaralar davomida Rossiya tomonidan quritilgan o‘rik mahsuloti uchun taqiq qo‘yilmasligiga kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksporter korxonaga nisbatan fitosanitar choralar ko‘rilishi haqida kelishuvga erishilgan.

Avvalroq 26-noyabr kuni Rossiya tomoni Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va bulg‘or qalampirining olib kirilishiga vaqtinchalik cheklov joriy etgan edi. “Rosselxoznadzor”ning aniqlik kiritishicha, bunga mahsulotlarda ToBRFV (tomato brown rugose fruit virus) virusi topilgani sabab bo‘lgan. Qayd etish joiz, Rossiya vaqtinchalik taqiqni joriy etganini e’lon qilgach, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Rosselxoznadzor” bilan mazkur masala bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qilgan edi. “O‘zdavkarantin” ham vaziyatni o‘rganmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda