Singapur futbol assotsiatsiyasi sobiq direktori o‘rinbosari Ikram Jit Singx Randhir korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar qilmoqda The Straits Times.
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Singx o‘zining turmush o‘rtog‘i Asi Kirin Keyms va bir nechta yuridik shaxslar yordamida 600 ming dollarga yaqin pulni talon-toroj qilgan.
Tashkilot funksionerning xotiniga tegishli firma bilan shartnoma imzolagan va sport buyumlarini odatdagidan yuqori narxda sotib olgan. Bu tizimda yana bir qancha firmalar ishtirok etgan.
Endilikda direktor o‘rinbosarini umumiy miqdorda 400 yillik qamoq jazosi kutmoqda. U yanvar oyidayoq o‘z lavozimidan ozod etilgandi. Hozirda assotsiatsiya vakillari tergov jarayonida politsiya bilan hamkorlikda ishlamoqda.
Mavzuga doir: 7 yilga futbolga oid faoliyatdan chetlatish, 90 mln so‘m jarima. O‘FA Superliganing 3 nafar hakamini jazoga tortdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!