FIFA 2019/20-yilgi mavsumning eng chiroyli goliga da’vogarlar uchlik ro‘yxatini e’lon qildi.
Pushkash—2020 sovrini uchun “Atletiko” hujumchisi Luis Suares, “Tottenhem” vingeri Son Hyon Min va “Flamengo” yarim himoyachisi Jorjian de Arraskaeta kurash olib boradi.
Urugvaylik futbolchi “Barselona” safida “Malyorka”ga qarshi o‘yinda (5:2) tovoni bilan antiqa golga muallif bo‘lgan. Janubiy Koreya terma jamoasi vakili APL doirasida “Byornli”ga qarshi uchrashuvda (5:0) deyarli butun maydonni bosib o‘tgan holda darvozani ishg‘ol qilgan. Arraskaeta esa “Seara” bilan bo‘lgan bahsda (3:0) akrobatik uslubda to‘p kiritgandi.
Avvalroq FIFA ushbu sovringa 11 nafar golni nomzod sifatida ko‘rsatgandi.
Izoh (0)