FIFA The Best—2020 sovriniga da’vogar futbolchilar uchligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Robert Levandovski (“Bavariya” / Polsha), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus” / Portugaliya) va Lionel Messi (“Barselona” / Argentina) yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomi uchun kurash olib boradi.
Avvalroq FIFA ushbu sovringa da’vogarlar 11 lik ro‘yxatini e’lon qilgandi.
The Best sovrini egasi 17-dekabr kuni e’lon qilinadi. Marosim koronavirus pandemiyasi sabab onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda ushbu sovrin “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)