Yevropa Ligasi 6-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi.
Unga ko‘ra, “Bayer” yarim himoyachisi Leon Beyli haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Beyli “Slaviya”ga qarshi bahsda (4:0) dublga erishgandi.
🌟 𝗣𝗹𝗮𝘆𝗲𝗿 𝗼𝗳 𝘁𝗵𝗲 𝗪𝗲𝗲𝗸 🌟
— UEFA Europa League (@EuropaLeague) December 11, 2020
🇯🇲 Leon Bailey takes first place 🏅@hankookreifen | #UELPOTW | #UEL pic.twitter.com/UVjEeTKo8f
Shuningdek, ushbu sovringa quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
- Maksimilian Bayer (“Hoffenhaym”) — “Gent”ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita gol;
- Ali Sou (SSKA Sofiya) — “Roma”ga qarshi bahsda (3:1) ikkita gol;
- Jovani lo Chelso (“Tottenhem”) — “Antverpen”ga qarshi bellashuvda (2:0) gol va 79% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!