Madridning “Real” klubi La Liga 13-turi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Zinedin Zidan qaydnomaga 21 nafar futbolchini kiritdi. Uchrashuvda yarim himoyachi Martin Edegor, hujumchilar Mariano Dias, Eden Azar va Luka Yovich jarohat sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Federiko Valverde esa safga qaytgan.
“Real” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 12-dekabrdan 13-dekabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
“Real”ning qaydnomasi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!