Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev oilasi og‘ir judolikka uchradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hokimning 73 yoshli otasi Toir Mirzayev vafot etgan.
Hokimlik marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati, tuman, shahar hokimliklari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik nomidan ta’ziya bildirgan.
Qashqadaryolik bloger Azizbek Yazdurdiyevning qo‘shimcha qilishicha, marhumning dafn marosimi Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Tut qishlog‘ida 8-dekabr, soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)