O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Xayrulla Sa’diyevning o‘g‘li Sardor Sa’diyev olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi hamda a’zolari Xayrulla Sa’diyev va oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, janoza namozi 5-fevral, peshinda, Sebzor dahasi 21-uyda bo‘lib o‘tadi.

Xayrulla Sa’diyev 25-yanvar kuni jamoatchilik asosida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlangan edi.