Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 12-turida “Real” 5-dekabr, shanba kuni “Sevilya” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limi madridliklarning ustunligida o‘tdi. Zinedin Zidan shogirdlari mezbonlar darvozasi oldida bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Vinisius Junior madridliklarning tezkor hujumini muvaffaqiyatli yakunladi: braziliyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p Yassin Bunuga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmi “Sevilya”ning kuchli bosimi ostida o‘tdi, biroq maydon egalari Tibo Kurtua darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Real” ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Sevilya” (16) 5-pog‘onada qoldi.

La Liga

12-tur bahsi

5-dekabr, shanba

“Sevilya” — “Real Madrid” 0:1

Gol: 0:1 – 55, avtogol Bunu.

“Sevilya”: Bunu, Navas, Kunde, Diyego Karlos (Idrissi, 80), Rakitich (an-Nesiri, 64), Aleish Vidal, Fernando, Jordan (Gudel, 64), Okampos, de Yong (Suso, 64), Munir (Oliver Torres, 46).

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Modrich, Kroos, Rodrigo (Asensio, 66), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

Ogohlantirishlar: Kroos (44), Modrich (60), Gudel (76), Vinisius Junior (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!