Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO) 5-dekabr, shanba kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Fazliddinga armanistonlik Manuk Dilanyan (11-4, 4 KO) raqiblik qiladi.
Dilanyan besh yildan buyon prof boksda faoliyat yuritadi. U o‘zining vazn toifasida Armanistonning uchinchi raqamli bokschisi hisoblanadi. Bunga qadar WBC va WBA kamarlari uchun kechgan janglarda ishtirok etgan.
G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019-yilning dekabr oyida jang o‘tkazgan va unda ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Ushbu jangni O‘zbekiston telekanallari jonli efirda olib bermaydi. Jangni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin — Jonli efir. Fazliddin—Manuk qatnashadigan jang musobaqasi O‘zbekiston vaqti bilan 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, jangni Rossiyaning “Boyets” telekanali jonli efirda namoyish etishi kutilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)