Xalq deputatlari Peshku, Jondor va Buxoro tumanlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Peshkudagi sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Vahob Qahhorov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshku tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Jondordagi sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari San’atillo Hikmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Buxoro tumanidagi sessiyada “G‘ijduvon EIZ” rahbari vazifasida ishlab kelgan Xayrullo Jo‘rayev tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Qahramon Do‘stov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Surxondaryo hokimining sobiq o‘rinbosari Sherobodga hokim etib tayinlangani, Yangiariq tumaniga yangi hokim hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yangi direktor tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)