• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi

    Hukumatning “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    “Day.org”

    “Day.org”

    Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:

    • shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish maqsadida uning huquqiy maqomini va qo‘llash sohasini belgilash;
    • nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) markazlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
    Quyidagilar shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
    • o‘zbek imo-ishora tilining imkoniyatlari cheklangan va sog‘lom insonlar o‘rtasidagi muqobil muloqot vositasiga aylantirilishini ta’minlash;
    • o‘zbek imo-ishora tilini kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan istiqboldagi rejalarni prognozlash orqali uni takomillashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
    • o‘zbek imo-ishora tilining alifbosini yaratish va takomillashtirish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning alifbo asosida bilim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish;
    • o‘zbek imo-ishora tili asosida o‘qitiladigan ta’lim turlariga qo‘yiladigan davlat ta’lim standartlari va davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
    • ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘zbek imo-ishora tilini o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini hamda ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
    • mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan imo-ishora tili bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
    • o‘zbek imo-ishora tilining jamiyatdagi mavqeyini oshirish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish.
    Belgilab qo‘yilishicha:
    • o‘zbek imo-ishora tili eshitishi va nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan shaxslar hamda ular bilan sog‘lom shaxslar o‘rtasida muloqot tili sifatida O‘zbekistonning butun hududida tan olinadi;
    • mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘zbek imo-ishora tilidan muloqot tili sifatida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
    • o‘zbek imo-ishora tili shaxslar o‘rtasidagi muloqot tili sifatida tegishli ma’lumot va ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan o‘zbek va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinishi mumkin.
    Xalq ta’limi vazirligi lotin yozuvidagi o‘zbek imo-ishora alifbosini ishlab chiqadi hamda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga joriy etadi.

    Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:

    • korreksion pedagogika va defektologiya sohasida pedagog kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlardan kelib chiqib, zarur ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya) bo‘yicha qabul kvotalarini oshirish;
    • hududlarning defektologiya sohasida pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida defektologiya ta’lim yo‘nalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritadi.
    Avvalroq Ziroat Mirziyoyeva boshchiligidagi “Zamin” fondi 60 foiz bolalarni karlikdan qutqarishga yordam beruvchi loyiha boshlagani hamda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun ilk bor 10 va 11-sinf darsliklari chop etilishi xabar berilgandi.

    03.12.2020, 14:54   Izoh (0)   9845
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo hokimining sobiq o‘rinbosari Sherobodga hokim etib tayinlandi

    03.12.2020, 13:58

    Navoiyda ta’lim sifati past bo‘lgan 26 ta maktab direktorlari ishdan olindi

    03.12.2020, 13:37

    Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysida 4-dekabr kuni qor yog‘ishi mumkin

    03.12.2020, 13:12

    O‘zbekistonda onkologik xizmatni rivojlantirishga qaratilgan xayriya jamoat fondi tashkil etildi

    03.12.2020, 12:48

    O‘zbekistonda o‘tgan 10 oyda rejadagidan 5 foizga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    03.12.2020, 12:11

    Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

    03.12.2020, 10:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.