Navoiy viloyatida past ko‘rsatkichli maktab direktorlari jazolandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, hamda 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lum qilinishicha, tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Mavzuga doir: Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov “Xalq ta’limi homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Izoh (0)