Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga Davletov Anvar Kenjayevich hokim etib tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xabar berilishicha, xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Anvar Davletov Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Anvar Davletov 1985-yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi — Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. U shu vaqtgacha viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyidan buyon Yangiariq tumanini Muhammadmurod Xudoyberganov boshqarib kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
Pentagon AQSH va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro boshlanishi ehtimolini baholadi