• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Pepedan Ibragimovichgacha. Lionel Messi bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari

    Lionel Messi, shubhasiz, futbol olamining eng mashhur ikki vakilidan biri hisoblanadi. Tabiiyki, u ko‘p sonli muxlislarga ham ega. Biroq Messidek daholar ham ba’zida insonlar bilan munosabat o‘rnatishda muammolarga duch keladi. Quyida aynan Leo bilan murosa qila olmagan futbolchilar haqida hikoya qilamiz.

    Royston Drente

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ehtimol, ko‘pchilik Drenteni eslolmas, biroq uning ushbu ro‘yxatdan joy olishiga arzirli sabab bor. U bir vaqtlar yulduzli “Real” sharafini himoya qilardi. Aksariyat muxlislar kamtar va o‘zini tutib tura oladigan Messining kimnidir kamsitishi, hatto uning irqi haqida keskin gapirishini taxmin ham qilmasa kerak. Biroq Drente “Real”dagi uch yillik faoliyatidan keyin intervyularidan birida Messi uni maydonda bir necha bor irqi uchun kamsitgani haqida gapiradi. Roystonga Messidan bu gapni eshitish juda qattiq ta’sir qiladi va garchi oradan o‘n yillar o‘tgan bo‘lsa-da, u buni hamon kechira olmaydi.

    Alvaro Arbeloa

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Messining aksariyat janjallari “Real” futbolchilari bilan kechgan. Uning navbatdagi “madridchi” dushmani Arbeloa bo‘lgan. Ular uzoq yillar davomida bir-biriga qarshi o‘ynagan va juda ko‘p marotaba to‘qnash kelgan. Kelishmovchilikning eng yuqori cho‘qqisi esa 2013-yilda Ispaniya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan o‘yidan keyin ro‘y bergan va bu haqida barcha ispan nashrlari bong urgan. O‘yindan so‘ng avtoturargohda Messi va Alvaro o‘rtasida kichik to‘qnashuv boshlanib ketadi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Arbeloa rafiqasi bilan birga ketayotgan vaqtda Leo mojaroni boshlaydi va uni haqorat qiladi.

    Pepe

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Hujumchilar “kushandasi” nomini olgan Pepe ko‘plab forvardlar bilan chiqa olmasligi bor gap. Shu jumladan, Messi ham portugaliyalik bilan ko‘p marotaba to‘qnash kelgan. Ular o‘rtasidagi eng katta mojaro Ispaniya Kubogining 1/4 final o‘yinida sodir bo‘lgan. Pepe va Messi o‘rtasida kechgan suhbat kameralar nigohiga tushib qoladi. Pepe argentinalik futbolchiga yaqinlashadi va qo‘pollik bilan: “Sen menga qarshi o‘ynashdan qo‘rqasan”, —deydi. Leo esa o‘z navbatida unga shunday javob qaytaradi: “Real” darvozasini ishg‘ol qilayotganim aks etgan suratlarning barchasida sen ham borsan”. Bu Pepening jahlini chiqaradi va bir necha daqiqadan so‘ng u maydonda yotgan argentinalikning qo‘lini ataylab bosib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ushbu vaziyat OAV va muxlislar o‘rtasida haqiqiy shov-shuvni keltirib chiqardi, ahvol shu darajaga yetadiki, hatto “Real” rahbariyati Pepeni kechirim so‘rashga majbur qiladi. Aftidan, mojaro bartaraf etilgandek tuyuladi, ammo deyarli hech kim Pepening kechirim so‘rashi samimiy bo‘lganiga ishonmaydi. Futbol olamidagi barchaga ma’lumki, ular hali ham bir-birlarini yomon ko‘radi.

    Mauro Ikardi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bu, ehtimol, futbolchilar o‘rtasidagi o‘zaro nafratning eng mashhur holatlaridan biri bo‘lsa kerak. Ko‘pchilik nima bo‘lganini va bularning barchasi nimaga olib kelganini biladi. Shunday bo‘lsa-da, qisqacha izoh berib o‘tishni lozim topdik. Ikardi 2014-yilda Maksi Lopes ismli futbolchidan rafiqasi Vanda Narani tortib oladi. Messi esa Maksining qadrdon do‘sti edi. Bu o‘z navbatida Leoning Ikardiga nisbatan nafratiga sabab bo‘ladi. Leoning Argentina terma jamoasi uchun qanchalik muhimligi barchaga ma’lum, u bir o‘zi murabbiylarni almashtirishi va hatto jamoaga kimning chaqirilishini ham hal qilishi mumkin. Ushbu voqeadan so‘ng Mauro so‘nggi bir necha yillar davomida A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi bo‘lganiga qaramay, umuman milliy jamoaga chaqirilmagan. Bugungi kunda ham futbolchilar bir-birlarini ochiqchasiga yoqtirmaydi.

    Zlatan Ibragimovich

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Va nihoyat Zlatan Ibragimovich. U bir vaqtning o‘zida Messiga qanchalik qoyil qolsa, uni xuddi shu darajada yomon ham ko‘radi. Gap shundaki, aynan Leo tufayli Zlatan “Barselona”da o‘z o‘rniga ega bo‘la olmagan. Bu borada Ibragimovichning o‘zi shunday deydi: “Gvardiola — ajoyib murabbiy, ammo u qo‘rqoq. “Barselona”da u Messi uchun meni qurbon qilgan, bu haqida menga aytishga esa uning jur’ati yetmagan. Jamoada hamma narsa Messi uchun edi”.

    Darhaqiqat, Leo qisman bo‘lsa-da, Ibraning faoliyatiga ta’sir o‘tkazgan. Bunday deyishga sabab, Zlatan agar “Barsa”da qolganida qator sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq shunga qaramay, Ibragimovich Messi singari dunyo futbolining eng yorqin namoyondalaridan biri bo‘lib qolaveradi.

    Boshqa maqolalar: 

    • Kasilyasdan Kokegacha. Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari haqida
    • Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida
    • Eto’Odan Ibragimovichgacha. Xosep Gvardiola bilan murosa qila olmagan futbolchilar haqida
    • Zidan, Ibragimovich, Messi Neymar va Ronaldinyo. XXI asrning eng texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilari haqida
    • Xarobadan chiqqan millionerlar. Kambag‘al oilada voyaga yetgan taniqli futbolchilar

    03.12.2020, 00:37   Izoh (0)   28525
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov uylandi

    02.12.2020, 23:36

    Lionel Messi Maradonaning xotirasiga bag‘ishlangan gol nishonlash uchun jarimaga tortildi

    02.12.2020, 22:16

    Superliganing so‘nggi tur o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

    02.12.2020, 21:35

    Habib Nurmagomedov qaysi holatda UFC’ga qaytadi? Uning o‘zi javob berdi

    02.12.2020, 20:41

    “Hakam uchrashuvni yaxshi boshqarib borgan”. PFL “Neftchi” — “Turon” uchrashuvi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

    02.12.2020, 20:01

    UEFA 2020-yil ramziy terma jamoasidan joy olishga da’vogar 50 futbolchi nomini e’lon qildi

    02.12.2020, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:38

    “AQSHda dori narxlari 1500 foizgacha arzonlashtiriladi” — Tramp

    Dunyo | 5 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:13

    O‘zbekistonda bolalar bog‘chaga qanday joylashtiriladi? Ota-onalar uchun qo‘llanma

    Farzand | 5 avgust, 16:10

    Moskvadagi reydda 300 nafar migrant ushlandi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 16:00

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.