O‘zbekiston tijorat banklarida 2-dekabrdan boshlab dollar kursi ko‘tarildi, deb xabar beradi Spot.
Banklar asosan 1 AQSh dollarini 10 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotish — 10 480 so‘mdan. Noyabr oxirida, masalan, 1 dollar 10 400 so‘mdan xarid qilingan, 10 450 so‘mdan sotilgan edi.
30-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan kursini yangilangan edi. AQSh dollari ketma-ket besh haftadan buyon o‘smoqda.
23-noyabr yakunlariga ko‘ra, valyuta birjasida 1 AQSh dollari 10 440 so‘mni tashkil etmoqda.
Izoh (0)