• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Barchaning barchaga qarshi urushi”. Yugoslaviya sotsialistik federatsiyasining parvozi va intihosi

    “Daryo” ham diniy mansublik ildiziga qurilgan, ham millatlararo urush sifatida talqin qilingan Yugoslaviya tarixidagi eng qonli urushlar haqida hikoya qiladi.

    Bir-biriga qarshi millat mamlakati

    1941—1945-yillardagi voqealar Yugoslaviya tarixidagi eng qonli voqealar sifatida tarixda qoldi. Yugoslaviyada yuz bergan bu davr voqealarini tarixchilar “barchaning barchaga qarshi urushi” davri deb atashi ham bejizga emas. Yugoslaviya Germaniya va Italiyaga qarshi kurashishi bilan birgalikda mamlakatda turli siyosiy, etnik va diniy mansublikka oid guruhlar ham tashqi dushman xavf solib turgan bir vaqtda bir-biriga qarshi kurash olib bordi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ichki nizoning eng shafqatsiz jihati shunda ediki, aksar yugoslavlar ana shu ichki nizolarning qurboniga aylandi. Shu sababdan ham “o‘zingdan chiqqan baloga qayga borasan davoga” deb aytishgani bejiz emas. Samuel Xantington o‘zining “Tamaddunlar to‘qnashuvi” asarida bu “to‘qnashuvlarning o‘ta qonli va shafqatsiz kechishi” haqida yozganida Yugoslaviyadagi voqealarni ham nazarda tutgandi. Mamlakat hududidagi millatlarning bir-biriga nisbatan adovati shu darajada kuchli ediki, bu millatlarni yagona bayroq va mafkura ostida birlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi.

    Yugoslaviya paradoksi

    Tarix g‘ildiragi bir aylandi-yu tarqoqlik, ayirmachilikni ma’qul ko‘ruvchi, markazlashishga tish tirnog‘i bilan qarshi turuvchi kuchlar bir lahzada kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishni istab qoldi. Turli din, turli millat yashagan mamlakatda markazlashgan hokimiyat tuzishning yagona yo‘li esa xorvatlar-u, serblar, serblar va boshqonlar milliy va diniy mansublikni yerga ko‘mishi kerak edi. Bu ikki ayiruvchi tushuncha yerga shu qadar chuqur ko‘milishi esa birlashgan, kuchli Yugoslaviyani janubiy slavyan xalqlarining mustaqil davlatini tashkil qilishga yordam berardi.

    Birlashtiruvchi g‘oya esa kommunistik mafkura bo‘ldi. 1942-yilda kommunistik partiya yetakchisi Iosif Broz Tito kommunistlardan iborat Yugoslaviya milliy ozodlik harakatini tuzdi. Broz Tito rahnamoligi ostidagi bu kuchlar eng qudratli kuchga aylandi va italyanlar, nemislar va xorvat ustashlari serb fashistlariga qarshi janglarda sezilarli g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlaydi. Natijada Yugoslaviya Milliy ozodlik armiyasi barcha tashqi va ichki dushmanlarini mag‘lub qildi va mamlakatdagi eng qudratli kuchga aylandi.

    Yugoslaviya kommunistik partiyasining mamlakatdagi obro‘si shu darajada kuchliligidan kommunistlar urushdan so‘ng o‘tkazilgan saylovlarda katta g‘alabani qo‘lga kiritdi. 1945-yilning 29-noyabr sanasida Yugoslaviya skupshinasi — parlamenti bir ovozdan Iosif Broz Tito rahbarligi ostida Yugoslaviya Milliy Federativ Respublikasi tashkil qilinganini e’lon qildi. Iosif Tito Yugoslaviyada sotsializm barpo qilish ishlariga sho‘ng‘ib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Iosif Broz Tito va sotsializmning ruscha modeli

    Yugoslaviya rahbariyati datlabki yillarda sotsializm qurishni e’lon qilar ekan, rus sotsializmini butunlay ko‘chira boshladi: majburiy natsionalizatsiya (korxonalarni davlat tasarrufiga olish), jadallashtirilgan sanoatlashtirish, ommaviy kollektivlashtirish, davlatning rejali iqtisodiyot boshqaruvi, nokommunistik partiya va harakatlarning taqiqlanishi va “din afyundir” shiori ostida dinga qarshi kurash.

    Biroq Yugoslaviya rahbariyati ichki va tashqi siyosatda butunlay mustaqil siyosat olib borishi — Sovet Ittifoqining bu jabhada aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik asosiysi edi. Shu tufayli oradan hech qancha vaqt o‘tmay, 1948-yilda Yugoslaviya va Sovet Ittifoqi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Yugoslaviya sotsialistik mamlakatlar tarafidan yakkalab qo‘yildi. Bu esa Yugoslaviyaning ichki va tashqi siyosatini o‘zgartirib yuborgan omil bo‘ldi.

    Yugoslaviya sotsializm qurishning ruscha modelidan voz kechdi va yugoslavcha sotsializm modelini e’lon qildi. Tito va uning safdoshlari nazarida Sovet Ittifoqi va uning ittifoqchi mamlakatlaridagi kommunistik partiya oyog‘i yerdan uzilgan, mehnatkashlarning haq-huquqlarini himoya qilmay qo‘ygan byurokratik etatik maxluqqa aylanib qolgandi. Shu sababli Tito nazarida markaziy hokimiyatning qudratini susaytirgan holda, avvalo, iqtisodda mahalliy boshqaruvni rag‘batlantirish yugoslavcha sotsializmning yangi mohiyatini tashkil qilishi belgilandi.

    Korxonalarga o‘z daromadlarining ma’lum bir qismini o‘zlarining ehtiyojlariga qarab ishlatishiga yo‘l qo‘yildi. Rejali iqtisodiyot endilikda asta-sekinlik bilan barham topdi. Zavod va fabrikalarda direktorlarni saylaydigan va ma’muriy boshqaruvni amalga oshiradigan ishchilarning o‘zlaridan iborat ishchilar kengashlari tashkil qilindi. Qishloq xo‘jaligini total kolxozlashtirish siyosatidan voz kechildi va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari tashkil qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy korxonalarga ruxsat berildi. Tito nazarida yuqori ijro hokimiyatlarining quyi organlardagi ishtirokini kamaytirmasdan turib davlatni samarali boshqarib bo‘lmasdi. Ayni shu maqsadda mahalliy boshqaruv organlari bo‘lgan xalq kengashlari joriy qilindi. Yugoslaviyada federativ boshqaruv tizimi tashkil topadi. Tito bunday siyosat ko‘p millatli Yugoslaviya xalqlarining bir-birlariga nisbatan adovatini unutishga va Yugoslaviya tarkibiga kirgan har bir xalqning siyosiy tengligiga asoslangan jamiyat bo‘lishiga umid qildi. 1963-yildan boshlab mamlakat rasmiy tarzda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi sifatida nomlana boshladi.

    Titochilikning yuzaga kelishi

    1948-yilga kelib rasmiy Kreml va Belgrad o‘rtasidagi siyosiy vaziyat nihoyatda taranglashib ketdi. Buning sabablari nimada edi? Avvalo, Ikkinchi jahon urushi davrida Tito boshchiligidagi qo‘shinlar Italiyaning shimoliy sharqida joylashgan Triyest shahrini ittifoqchi qo‘shinlardan oldinroq bosib oldi. Mazkur voqea Stalinning g‘arb bilan munosabatlarini chippakka chiqarishiga bir bahya qoldi. Kreml rasmiy Belgradning yonini olgan holda g‘arb bilan munosabatlarni muvozanatga solishga muvaffaq bo‘ldi-yu, Titoni o‘zbilarmonlikda tanqid qildi.

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng rasmiy Kreml kommunistik mafkura tartibi o‘rnatilgan mamlakatlarni o‘z o‘qi atrofida birlashtirishga va sovuq urush davrida kollektiv xavfsizlik doktrinasini e’lon qilgan paytda Yugoslaviya rahbariyati bolgar-yugoslav federatsiyasini tashkil qilish, Albaniyani Yugoslaviya tarkibiga qo‘shish, grek kommunistlarini qo‘llab-quvvatlash borasida rasmiy Kremlga yoqmaydigan siyosat olib bordi. Titoning siyosati tanqid qilindi. Kreml tarafdorlari Yugoslaviyada xoinlikda ayblandi va qatl qilindi. 1948-yilning 28-iyun sanasida KPSS Markaziy Qo‘mitasi majlisida Stalin Yugoslaviya rahbarini qattiq tanqid qildi. Broz Titoning hurmacha qiliqlari Stalinning hiqildog‘iga kelgandi. Natijada Broz Tito va Stalin o‘rtasidagi ixtiloflar butun jamoatchilikning e’tiboriga tushdi.

    “Yugoslaviyaning AQSh bilan harbiy-siyosiy ittifoqi mamlakatning de-fakto NATOga a’zoligini bildiradi,” Alchide de Gasperi, Italiya bosh vaziri

    Aynan shu davrdan boshlab Broz Tito Yugoslaviya sotsialistik davlatining tamoyillarini qaytadan ko‘rib chiqishga jazm qildi. Tarixchi olimlar bu davrdagi Tito g‘oyalarini “Titochilik” deb ham nomlaydi. Titochilik nimalarda ko‘rinadi degan savolga esa quyidagicha aniqlik kiritish mumkin: avvalo, titochilik kapitalist tuzumidagi mamlakatlar bilan tinchlik va sherikchilik asosida hamkorlik qilishni nazarda tutardi. Shu maqsadda AQSh va Yugoslaviya 1951-yilda “O‘zaro xavfsizlikni ta’minlash” borasida shartnoma imzolaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh nazarida Yugoslaviya Sovet Ittifoqini tiyib turuvchi va muvozanatni saqlovchi vosita bo‘lishi lozim edi. Yugoslaviya esa bu shartnomadan Sovet Ittifoqi Yugoslaviyaga qarshi harbiy amaliyot boshlaydigan bo‘lsa, AQShning yordamga kelishini nazarda tutadi. Ikkinchidan, titochilik o‘zida qo‘shilmaslik harakatini aks ettirgandi. Mazkur tamoyil faqat Sovet Ittifoqiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, Tito g‘arb bilan turli harbiy ittifoqchilik shartnomalariga kirishini mahrum qilmasdi. Tito hukumati shu boisdan rasmiy Kreml yetakchiligidagi Iqtisodiy yordam kengashiga kirishdan bosh tortadi.

    Titochilikning ikkinchi muhim jihati millati serb bo‘lgan Edvard Kardel ilgari surgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi sotsializm g‘oyasi bo‘ldi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, quyi bo‘g‘imdagi hokimiyat organlarining masalasi aynan ishchilarning o‘zlari tarafidan ko‘rib chiqilishini nazarda tutardi. Aynan shu sababli rasmiy Kreml Titoni trotskizm va korporativlik tamoyillarini qabul qilganligida ayblardi. Bu esa Yugoslaviyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan sotsializmni yuzaga keltirgandi.

    Qisqa muvaffaqiyat

    Ham g‘arb, ham sotsialistik lager bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ya olgan Yugoslaviya iqtisodiyotda sezilarli yutuqlarga erishdi va dunyoning barqaror rivojlanayotgan mamlakati sifatida e’tirof etila boshladi. Sayyohlik sohasi esa Yugoslaviyaning asosiy daromad manbayiga aylandi. G‘arb bilan yaqin aloqalar natijasida Yugoslaviya xorij kreditlari va texnologiyalari yomg‘iri ostida qoldi.

    1970-yillarga borganda kapitalistik mamlakatlar nazarida Yugoslaviya sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan betakror mamlakat sifatida tasavvur uyg‘otdi. Yugoslavlarning yuqori hayot tarzi sotsialistik demokratiya bilan baholana boshlandi. Qiziq jihat shundaki, Tito shaxsiyatining ulug‘lanishi mamlakatdagi liberal islohotlar bilan qorishib ketgan edi. Shunga qaramasdan, kelajakdagi chuqur iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mojarolar to‘lqini o‘zi haqida darak berar, ammo Yugoslaviya rahbariyati nazdida hamon mamlakat “musaffo osmon” edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1970-yilga kelib dunyo bozorida neft va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan talabning o‘sishi natijasida sotsialistik Yugoslaviya Federativ Respublikasining ham xarajatlari keskin oshib ketdi. 1980-yillarga kelib Yugoslaviyaning sovet respublikalariga eksport hajmi ham qisqardi. Bu Yugoslaviya iqtisodiyotiga fojiaviy ta’sir qildi. Sanoatning o‘sishi sekinlashdi, inflyatsiya, ishsizlik darajasi va mamlakat qarzi ortdi. Jamiyatda esa millatchilikka berilgan kayfiyat ham oshib bordi.

    Tito hukumati yagona Yugoslav xalqini vujudga keltirish g‘oyasi amalda qumdan qurilgan qasrga o‘xshab qulab borardi. Tito adashgandi. Xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, eng avvalo, doimiy muloqot va dialoglar asnosiga qurilishini inobatga olmagan, milliy va diniy tafovutlarga ega mamlakatda azaliy og‘riqlar surunkali tus olayotganiga bee’tibor qarab kelgandi. Yugoslaviya xalqi turli kayfiyatdagi millatchilikni shior qilib olgan guruhlarning iskanjasiga tushgandi. Kelajak tahdidli tus olayotgandi. 1980-yilda marshal Tito hayotdan ko‘z yumdi va uning siyosatini davom ettira oladigan siyosiy merosxo‘r mavjud emasdi. Natijada Yugoslaviya shiddat bilan Ikkinchi jahon urushidan keyin yuz bergan eng qonli mojarolar girdobiga sho‘ng‘idi. Mamlakatda ajal ruhi keza boshladi.

    1987-yilda Slobodan Miloshevishning Kosovodagi albanlar millatchiligini tinchlantirishga uringan sa’y-harakatlari tez orada o‘z salbiy natijasini berdi. Yugoslaviya Tito orzu qilgan bir xalq millatlararo ziddiyatlar natijasida parokandalik va bo‘linishga, ko‘plab begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumishiga olib keldi. Bu qanday yuz bergani esa mutlaqo boshqa tafsilot.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    02.12.2020, 11:47   Izoh (0)   13045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Venesuela prezidenti Nikolas Maduro iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi

    02.12.2020, 11:35

    “Tahdidlaringizga tupurdim”. Navalniyning gaplari yuzasidan ekstremizmga tekshiruv boshlanganidan so‘ng Putinga murojaat qildi

    02.12.2020, 10:13

    Parijdagi Eyfel minorasi 16-dekabrdan tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi

    02.12.2020, 09:10

    Edvard Snouden Amerika pasportini saqlagan holda Rossiya fuqaroligini olishga qaror qildi

    02.12.2020, 08:43

    Litvadagi fermada koronavirus tarqalgani sababli 40 mingta qorako‘zan yo‘q qilinadi

    02.12.2020, 07:39

    Shvetsiyada 41 yoshli o‘g‘lini 28 yil uy qamog‘ida saqlagan ayol qo‘lga olindi

    02.12.2020, 07:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.