• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangiyo‘lda portlagan uy yaqinidan metan zapravka uchun yelim quvurda gaz o‘tkazilgan. Ikki kishining o‘limiga aynan shu holat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

    Yangiyo‘lda portlagan xonadon egalari avvalroq uyda gaz sizib chiqishi muammosi bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilgan, deya xabar qilmoqda “Kun.uz”.

    Yangiyo‘l tumani “Qirariq” MFY Istiqlol ko‘chasi 80-uyning ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqan gaz xonadonga tarqalib, havo aralashmasi bilan qo‘shilib, uyda elektr chirog‘ining yoqilishi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, portlashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilishi taxmin qilinmoqda.

    Mahalliy aholining aytishicha esa xonadon yaqinida yerosti polietilen gaz quvuri o‘tgan bo‘lib, u orqali metan gaz quyish shoxobchasiga yoqilg‘i yetkazib berilgan. Ushbu ma’lumotni “Hududgazta’minot” Yangiyo‘l tuman filiali rahbari Umid To‘ychiyev ham tasdiqladi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Portlash yuz bergan paytda uyda bo‘lmay, tezkor xabardan so‘ng zudlik bilan ortga qaytgan Fazliddin Usmonovning ma’lum qilishicha, quvurdan sizib chiqayotgan gaz isi xonadon egalarini bezovta qilgan va bir necha marta mutasaddilarga shikoyat qilingan.

    “Bu yerdan gaz chiqib turganini ancha avvaldan bilardik. Ancha joyga murojaat ham qilganmiz. Tezkor xabardan so‘ng yetib kelsam, odamlar marhumning turmush o‘rtog‘i va qizini oshxonadagi vayronalar ostidan olib chiqishayotgandi. Marhumning jasadini esa beton bosib qolgandi. Avvaliga o‘g‘lini topolmadik. Bir soatlardan so‘ng FVV xodimlari bolaning jasadini betonlar orasidan topishdi”, — deydi ushbu xonadonga yon qo‘shni bo‘lgan Fazliddin Usmonov.

    O‘tgan yili 11-noyabr kuni Quyi Chirchiq tumanining “Surum” mahallasidagi namunali uy portlashi oqibatida bir oilaning 3 a’zosi vafot etgan va 3 kishi butun umrga majruh bo‘lib qolgandi. O‘shanda ham portlashga namunali loyiha asosida qurilgan uylar yaqinidan o‘tkazilgan yerosti polietilen gaz quvuri sabab bo‘lgandi.

    “Qirariq” MFY raisi Lola Shonazarovaning aytishicha, Quyi Chirchiqdagi voqeadan so‘ng mahalla faollari mutasaddilarga murojaat bilan chiqqan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Hech kim kelmagan, ijobiy hal etilmagan. Shu yelim quvur bilan tortilgan gaz aslida metan gaz quyish shoxobchasiga yetkazib beriladi. Aholi uchun qishda gaz yo‘q, lekin tadbirkorlar foydalanadi. Oqibatda aholiga mana shunday ziyoni tegyapti. Bitta oila parokanda bo‘lib ketdi”, — dedi mahalla raisi.

    “Hududgazta’minot” Yangiyo‘l tuman filiali rahbari Umid To‘ychiyev esa quvurdan gaz sizib chiqish to‘g‘risidagi aholi murojaatidan bexabarligini bildirgan.

    “Murojaatlarni ko‘tardim, ularning shikoyatida gaz bosimi past, deb berilgan. Gaz hidi chiqyapti degan mazmundagi murojaat yo‘q. Har bir murojaatni o‘zim ko‘raman. Agar ularda murojaat nusxasi bo‘lsa, bersin”, — dedi filial rahbari.

    To‘ychiyevning aytishicha, yerostidan metan gaz quyish shoxobchasiga o‘tkazilgan polietilen gaz quvuriga “Hududgazta’minot” emas, balki “O‘ztransgaz” xizmat ko‘rsatadi. Portlash yuz bergan xonadonda esa gaz jihozlari bus-butun turibdi, ya’ni uy ichidagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqmagan.

    Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi, a,b bandlari (odam o‘limiga hamda boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha barcha daxldor shaxslar doirasi qamrab olinib, javobgarlik masalasi hal qilinishi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani aytiladi.

    Yangiyo‘l tumani hokimligi tomonidan esa portlash yuz bergan uy to‘liq ta’mirlab berilishi ma’lum qilindi.

    01.12.2020, 19:51   Izoh (0)   28511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ikkita sement zavodi gaz bosimi pasayishi sabab mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatdi

    01.12.2020, 19:26

    Oliy Majlisdagi oshxona deputatlar qarori tufayli undan foydalanish huquqini auksionda yutib olgan tadbirkorga berilmayapti

    01.12.2020, 19:02

    Namangan, Qo‘qon va Andijonda mashinasida minglab “Lirika” va “Tramadol” olib yurgan shaxslar aniqlandi

    01.12.2020, 18:50

    Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yangi direktor tayinlandi

    01.12.2020, 18:25

    O‘zbekiston bojsiz eksport qilish uchun Yevropa komissiyasidan yangi imtiyoz oldi

    01.12.2020, 18:01

    Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev va To‘qayevni Qozog‘istonning birinchi prezidenti kuni bilan tabrikladi

    01.12.2020, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.