Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turida “Jenoa” klubi “Parma”ga yutqazdi (1:2).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 50-daqiqasida Eldor Shomurodov mezbonlarning uchrashuvdagi yagona goliga mualliflik qildi. Bu Eldor uchun “Jenoa” safida va A Seriyadagi debyut gol bo‘ldi.

Shu tariqa Shomurodov Italiya chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi mazkur o‘yinda 69 daqiqa harakat qilib, 3 marta darvoza tomon zarba berdi va ularning ikkitasi aniq bo‘ldi. Uchrashuvda genuyaliklarning hech qaysi futbolchisi undan ko‘p aniq zarba yo‘llamadi.

Avvalroq Eldor Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda golli uzatma amalga oshirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi