• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Koronavirus respirator kasallik emas, qon-tomir kasalligi bo‘lishi ham mumkin. Simptomlar qanday ketma-ketlikda namoyon bo‘lmoqda?

    26-noyabr kuni Bussines Insider nashri COVID-19 bilan og‘rigan bemorlardagi kasallik rivojlanishida simptomlar namoyon bo‘lishining kunlar bo‘yicha taqsimlanishi haqida maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, olimlar va shifokorlar minglab bemorlardagi kasallik kechishini kuzatish orqali aksar bemorlarda kuzatiladigan kundalik simptomlar ketma-ketligini aniqladi. “Daryo” ushbu maqolaning tarjimasini taqdim etadi.

    Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish holatlarining taxminan 40 foizgacha bo‘lgan qismida kasallik alomatlari sezilmasdan, 20 foiz holatlarda esa kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir ko‘rinishga o‘tadi. Koronavirus simptomlari kuzatilayotgan bemorlarda, odatda, dastlab harorat ko‘tarilishi va yo‘tal paydo bo‘ladi. Bu belgilar tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi yoki ich ketishi bilan kechadi (og‘ir holatlarda esa oshqozon-ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolar infeksiya tushgan ilk paytlardayoq namoyon bo‘lishi mumkin).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Og‘ir holatdagi bemorlarda dastlabki alomatlar paydo bo‘lgandan keyingi kasallikning beshinchi kunida virusning o‘ziga xos jihatlaridan biri – nafas olishning qiyinlashuvi kuzatila boshlaydi.

    Lekin simptomlar ko‘pincha odamga virus yuqishi bilanoq yuzaga chiqmaydi. Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi ma’lumotlariga qaraganda, virusning o‘rtacha inkubatsion davri to‘rt kundan besh kungacha bo‘lishi mumkin. Virus yuqtirgan odamning o‘zi mazkur davr mobaynida o‘zining kasal ekanini hali bilmasligi mumkin, lekin tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, u virusni boshqalarga yuqtirib yurgan bo‘ladi.

    Kunlar bo‘yicha simptomlarning namoyon bo‘lishi

    Yil boshida Xitoyda kasallik avj olgan paytda minglab bemorlarning holatini kuzatishdan so‘ng kasalxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda kuzatilgan qator simptomlarning kunlar bo‘yicha yuzaga chiqish ketma-ketligi aniqlangan:
    • 1-kun: Simptomlar sezilarsiz boshlanadi. Bemorda harorat ko‘tariladi, keyin esa yo‘tal boshlanadi. Kam sonli odamlarda bundan bir yoki ikki kun avval ich ketishi yoki ko‘ngil aynishi kuzatilgan bo‘ladi va bu infeksiyaning nisbatan jiddiy ko‘rinishda ekanining belgisi bo‘lishi mumkin;
    • 3-kun: Bu dastlabki simptomlar namoyon bo‘lgan bemorlarning kasalxonaga yotqiziladigan o‘rtacha vaqti. Xitoyning 550 ga yaqin kasalxonalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bemorlarda pnevmoniya ham aynan 3-kuni rivojlana boshladi;
    • 5-kun: Og‘ir holatlarda simptomlar yomonlashadi. Bemorlarda, ayniqsa, qariyalarda va surunkali xastaligi bor kasallarda nafas olishning qiyinlashishi mumkin;
    • 7-kun: Uxan misolida olganda, bu kun bemorlarning o‘rtacha eng kechikib shifoxonaga murojaat qilgan kuni bo‘ldi. Ko‘plab bemorlarda shu kuni nafas siqilishi (hansirash) boshlandi;
    • 8-kun: Ko‘pincha aynan shu kunga kelib, og‘ir holatdagi bemorlarda nafas yetishmovchiligi, pnevmoniya yoki o‘tkir respirator distress-sindrom (O‘RDS) rivojlana boshlaydi. O‘RDS aksar hollarda o‘lim bilan tugaydi;
    • 9-kun: bu kuni ayrim bemorlarda organizmning agressiv immun javobi tufayli shakllangan sepsis infeksiya rivojlanishi kuzatildi;
    • 10-11 kunlar: Agar bemorlarda simptomlarning yomonlashuvi kuzatilsa, shu kunlari kasallikning avj olayotgan payti bo‘ladi va shu kunlarda ular intensiv terapiya bo‘limlariga joylashtiriladi. Kasallik yengil kechayotgan bemorlardan farqli ravishda, bunday og‘ir bemorlarda qorindagi og‘riqlar va ishtaha yo‘qolishi yuzaga chiqadi;
    • 12-kun: Kasallik boshlanganiga deyarli ikki hafta bo‘lgan bu payt ayrim holatlarda bemorlarda O‘RDS deyarli yuzaga kelmagan bo‘ladi. Uxandagi holatlar bo‘yicha tadqiqotlardan birida bemorlarni intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilishi uchun o‘rtacha12 kun ketgani aniqlandi. Tuzalayotgan bemorlarda ham 12-kuni isitma chiqmay qoladi;
    • 16-kun: Tuzalayotgan bemorlarda shu kuni yo‘tal to‘xtaydi;
    • 17-21 kunlar: Uxanda kuzatilgan holatlarda bemorlar xastalik boshlangach, 2,5–3 haftadan o‘tib yoki sog‘ayib ketgan va kasalxonadan chiqgan yoki vafot etgan edi;
    • 19-kun: Bemorlarda hansirash va nafas qisishi yo‘qoladi;
    • 27-kun: Ayrim bemorlar kasalxonada uzoqroq qolib ketishi mumkin. Venchjoudagi bemorlarning kasalxonada o‘rtacha yotish vaqti 27 kunni tashkil qildi;

    Foto: Bussines Insider

    Foto: Bussines Insider

    Lekin bemorga kasalxonadan javob berildi degani undagi simptomlar butunlay bartaraf bo‘ldi degani ham emas. Ayrim bemorlarda hansirash, ko‘krak qafasidagi og‘riq, ko‘ngil aynishi, yurak urishining tezlashuvi hamda hid va ta’m sezmaslik singari simptomlar bir necha oygacha kuzatilgani xabar qilindi. Kasallangan, lekin kasalxonada yotmagan bemorlarda ham simptomlar saqlanib qolishi mumkin.

    Kasalliklarga qarshi kurash va profilaktika markazi tomonidan iyul oyida berilgan hisobotga ko‘ra, 300 nafar simptomatik bemorlardan 35 foizida koronavirusga qarshi test musbat chiqqanidan keyingi ikki yoki uch hafta ichida ham salomatlik avvalgi holatga qaytmadi. Bir necha haftadan keyin o‘zini yaxshi his qila boshlagan bemorlar esa simptomlar testdan keyingi 4–8 kun ichida o‘tib ketganini aytdi. Ularning aytishicha, hid va ta’m sezgisining qaytishi uchun hammasidan ham ko‘proq vaqt ketdi va bu o‘rtacha sakkiz kundan keyingina tiklandi.

    COVID-19 respirator kasallik emas, qon-tomir kasalligi bo‘lishi ham mumkin

    Koronavirus eng avvalo o‘pkani zararlasa ham, lekin u yurakni, buyraklarni, jigar, miya va ichakni ham zararlashi mumkin. Ayrim tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, COVID-19 respirator xastalik bo‘lmay, qon-tomir kasalligi bo‘lishi ham mumkin ekan, ya’ni u tomirlar orqali ham tarqalishi mumkin. Bu esa yurak yetishmovchiligi va insult singari xastaliklar bilan qo‘shimcha muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

    Nega ayrim bemorlarda ahvol yomonlashayotgani borasida olimlar bir necha taxminlarni ilgari surmoqda? Birinchidan, immun tizimi o‘ta keskin javob qaytarmoqda va “sitokin dovuli” keltirib chiqaryapti. Sitokin dovuli bu – organizmga o‘z hujayralariga zarar yetkazish buyrug‘ini beradigan kimyoviy signallarning birdan chaqnab chiqishidir.

    Jons Hopkins Tibbiyot markazi pulmonologi, doktor Panagis Galiatos bu jarayonni yer qimirlashiga o‘xshatdi. Ya’ni bunda ayrim odamlar o‘ladi va ularni zilzilaning o‘zi o‘ldirmaydi, balki u tufayli qulagan bino bosib qolgan bo‘ladi. “Sizdagi infeksiya bu sizning immuntizimingiz uchun zarbadir. Agar immun tizimi yomon strukturalangan bo‘lsa, zarbadan keyin u shunchaki qulaydi”, degan u.

    Eng qattiq simptom: hansirash

    Ayrim simptomlarning paydo bo‘lishidagi ilk paytlardayoq jiddiy e’tibor talab qiladi. Infeksionist-vrach Megan Koffe bu borada “Men har safar eng birinchi bo‘lib hansirash haqida so‘rayman. Chunki hansirashi bor bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatilishi shart”, deb aytdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘RDS rivojlanayotgan bemorlar uchun esa intensiv terapiya bo‘limlarida o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish taqozo etilishi mumkin. Uning aytishicha, tuzalib chiqqan bemorlar ham reabilitatsiya va tiklanish uchun yana keyingi bir oy dam olishi kerak.

    Koronavirus infeksiyasiga shu kabi o‘rtacha raqamlar nuqtayi nazaridan qaralishi sababli, bu kasallikning nochiziqli rivojlanishi haqidagi fakt ko‘zdan panada qolib ketishi, ko‘rsatkichlar asta-sekin yomonlashib borishi mumkin. Ular ko‘tarilib va pasayib turadi va bir kuni yaxshi bo‘lsa, keyingi kuni yomon bo‘ladi.

    “Salomatchiligida muammolari bo‘lgan 80 yoshli erkak bu kasallikda o‘zini juda yaxshi his qilishi mumkin. Ba’zan esa sog‘ligida hech qanday muammosi yo‘q ayol buni yenga olmayapti”, deb aytdi yana u.

    29.11.2020, 17:24   Izoh (0)   48777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus faolligini so‘ndiruvchi damlama nomi ma’lum bo‘ldi

    22.11.2020, 11:55

    NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

    19.11.2020, 10:00

    Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

    16.11.2020, 07:29

    Amerikalik olimlar: “Koronavirus mutatsiyaga uchradi, biroq uning xavflilik darajasi ortmagan”

    14.11.2020, 18:59

    Olimlar koronavirusning eng aniq 3D modelini yaratdi

    12.11.2020, 10:58

    Yaponiyada ko‘rshapalaklarning 7 yil avval olingan biomaterialida SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus topildi

    09.11.2020, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.