Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 10-turining markaziy o‘yini 29-noyabr, yakshanba kuni “Chelsi” va “Tottenhem” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Foto: Goal

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Hujumlarda Frenk Lempard shogirdlari faolroq bo‘lgan bo‘lsa, xavfli vaziyatlar borasida “shporlar” ajralib turdi.

Tanaffusdan keyin “ko‘klar” tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. Biroq “Chelsi” futbolchilari raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi va hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

“Tottenhem” ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. “Chelsi” (19) esa 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Joze Mourinyo jamoasi keyingi turda “Arsenal”ga qarshi bahs olib borsa, “Chelsi”ni “Lids”ga qarshi o‘yin kutib turibdi.

APL

10-tur bahsi

29-noyabr, yakshanba

“Chelsi” — “Tottenhem” 0:0

“Chelsi”: Mendi, Chiluell, Zuma, Jeyms, Tiago Silva, Maunt, Kante, Kovachich, Ziyosh (Haverts, 83), Abraham (Jiru, 79), Verner (Pulishich, 74).

“Tottenhem”: Lyoris, Regilon, Orye, Rodon, Dayer, Hyoybyerg, Sissoko, Bergveyn (Devis, 89), Ndombele (Lo Chelso, 65), Son Hyon Min (Lukas Moura, 90), Keyn.

Ogohlantirishlar: Ziyosh (29), Bergveyn (50), Jeyms (53), Zuma (55), Maunt (76), Regilon (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!