• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda to‘rt yildan beri gazsiz yashayotgan nogironligi bor shaxsga OAV aralashuvi bilan bir kunda gaz berildi

    Buxoro viloyatida to‘rt yildan buyon sovuq qishda gazsiz yashab kelayotgan nogiron fuqaroga “Daryo” muxbiri aralashuvi bilan bir kunda tabiiy gaz ulab berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi 72 yoshli fuqaro Naim Saidovdan kelgan murojaatga ko‘ra, “Daryo” muxbiri muammoni o‘rganish uchun kechki payt soat 20:30 da fuqaro xonadonida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ikki yon tomoni begona o‘t-o‘lanlaru xas-hashaklar bilan qoplangan, o‘ydim-chuqur, asfaltlanmagan va ta’mirtalab tor yo‘llar oralab, belgilangan manzilga bordik. Atrofdagi noxush hid dimog‘ni bo‘g‘adi. Xonadonlarga olib boruvchi ko‘chalarda chiroq yo‘q. Zim-ziyo. Avtomashina chiroqlari yordamida hovliga kirdik. “To‘kilib” qolgan xonada to‘rt yildan buyon qish chillasini gazsiz o‘tkazayotgan fuqaro Naim Saidov bir ahvolda yotardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xona sovuq. To‘shaklar namiqqan. Qish kunida ko‘pchilik aholi elektr energiyasi ta’minotidan haddan ziyod foydalanishga majburligi boismi, svet g‘ira-shira yoritadi. Xonaning sovuqligiga yarim soat yoki uzog‘i bilan bir soatcha chidash mumkindir. Lekin ikki yilcha oldin oyog‘i sinib, yurolmaydigan ahvolga kelgan Naim Saidov to‘rt yildan buyon shu ahvolda yashashga majbur.

    “Aksiga olib, ko‘zimda ‘katarakta’ va ‘glaukoma’ xastaligi bor. Jismoniy mehnatga layoqatsizman. Qiynalib ketdim. Uyimda tabiiy gaz, gaz plitasi yoki pechka ham, ovqat tayyorlab yoki choy qaynatib ichishga ham sharoit yo‘q. Moddiy imkoniyatim yetarli emasligi sababli kasalxonada davolana olmayman. Sovuqda ko‘zim battar xiralashyapti”, — deydi Naim Saidov.

    Fuqaro to‘rt yildan buyon murojaatlarini o‘zgalar orqali turli idora, tashkilotlarga og‘zaki yetkazgan. Lekin og‘zaki murojaatlari qanoatlantirilmagan va natija bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2020-yilning 4-avgust kuni esa tanishi orqali Prezident xalq qabulxonasiga murojaat qilib, davolanishi va moddiy yordam puli olish masalasida yordam so‘ragan. Murojaatga Kogon shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan javob xati yo‘llangan.Javob xatida “Sizga 2020-yilning 15-avgust kuni Kogon shahar hokimligi tomonidan homiylik xayriyalari yetkazib berilgani va sog‘ligingiz yomonlashgani sababli tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganingiz ma’lum bo‘ldi. Natijadan norozi bo‘lsangiz, yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqingiz borligini bildiramiz” deyilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mas’ullar javob xatida murojaatchiga 15-avgust kuni yordam berilganini yozgan bo‘lsa-da, fuqaroga yuborilgan xat 14-avgust kuni yozilgani ma’lum bo‘ldi. Buni Kogon shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Musavvira Shaydoyeva esa texnik xato deb izohladi.

    “Ushbu fuqaroga 2020-yilning 5-avgust kuni homiylik xayriyalari yetkazib berilgan. Bu borada dalolatnoma ham mavjud. 2020-yilning 14-avgustdagi javob xatida texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan”.

    Mahtumquli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mahmud Qodirov esa mazkur mahallada uch oydan buyon ish olib borayotganini, shu davr mobaynida fuqaroga oziq-ovqat yoki pul masalasida umuman ko‘mak berilmaganini, shuningdek, murojaatchi “Temir daftar”ga ham kiritilmaganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, to‘rtinchi sektor rahbari Furqat Bobomurodov hududda 12657 nafar aholi 2300 ta xonadonda istiqomat qilishini aytib, fuqaro Naim Saidovdan yozma murojaat tushmaganini ta’kidladi.

    “Fuqaroning og‘zaki murojaatini qanoatlantirish uchun ‘Kogontumangaz ta’minoti’ bo‘limiga topshiriq berdim. Fuqaroning yolg‘iz yashashi va nogironligini inobatga olib, barcha kerakli anjomlarni sotib olishga kelishib olgandik. Shunga ko‘ra, masala biroz cho‘zildi”, — dedi Furqat Bobomurodov.

    Birozdan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan “Kogontumangaz ta’minoti” bo‘limi rahbari Nodir Zokirov esa fuqaro Naim Saidovning yakka yolg‘izligini, nogironligini bilmaganini bildirdi.

    “Sovuqqonligim sabab vaqtida kelolmadim. Oldinroq kelganimda, bu masala allaqachon yechim topgan bo‘lardi. Ertaga soat 11:00 gacha qolmay, xonadonga zangori olov kiradi”, — dedi Nodir Zokirov.

    “Kogontumangaz ta’minoti” bo‘limi rahbari va’dasini bajarib, ertasiga fuqaro xonadonini tabiiy gaz bilan ta’minladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Fuqarolar murojaatiga ko‘ra, navbatdagi manzilimiz tumanning “Sarayon” mahallasi bo‘ldi. Aytilishicha, sarayonliklar uzoq yillardan buyon qish faslida tabiiy gaz ta’minoti yaxshimasligidan shikoyat qilib kelgan. Mahalla raisi O‘ktam Xolov aholi va xonadonlar soni ortgani sabab tabiiy gaz bosimi pasayganini bildirdi.

    “Mutasaddilar ham dasturdan chiqib ketolmasligini bildirdi. Gaz trubalarining ulanish nuqtasi sakkiz kilometr olisdagi ‘Konchilar’ qo‘rg‘oniga qadar cho‘zilgan. Yangi trubalar tortish 650 milliondan ortiq mablag‘ talab qilar ekan. Shu bois, sarayonliklarni qiynab kelayotgan suv, svet va tabiiy gaz muammolarini bartaraf etish masalasi 2021-yilgi dasturga kiritilar ekan”, — dedi O‘ktam Xolov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mahallada hovli-joylardan tashqari 14 ta ko‘p qavatli uy ham mavjud bo‘lib, “Kogontumangaz ta’minoti” ko‘p qavatli uylarni tabiiy gazdan uzmay, hovli-joylarni suyultirilgan gazga o‘tkazish va 50 tonna ko‘mir tarqatish taklifini bergan. Biroq, buni aholi rad etgan.

    Fuqaro Maftuna Rahmonovaning aytishicha, odamlarga har yili qish fasli arafasida ko‘plab va’da beriladi, ammo amalda bajarilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘tgan yili viloyatimizga Prezidentimiz kelgan payti qishlog‘imizda tabiiy gaz bosimi ko‘tarildi. Biroq, oradan sanoqli kunlar o‘tmay yana pasaydi. Shu sabab uylarimiz juda sovuq. Gaz bor, liniya bor, ammo ta’minot yo‘q. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Yetmagandek, ichimlik suvi ham iste’molga yaroqsiz. Jonimizdan o‘tgandan keyin ijtimoiy tarmoqqa murojaat qilishga majbur bo‘ldik”, — deydi Maftuna Rahmonova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholining aytishicha, ular mahallaga besh oy raislik qilgan D.P.ga nosoz trubalarni sozlash, muammolarni bartaraf etish uchun 40 ming so‘mdan 9 million so‘m pul yig‘ib bergan. Biroq muammo o‘z holicha qolib ketgan, aholi pullari esa qaytarilmagan. Tappi yig‘ishga majbur bo‘layotgan aholi esa hamon qiyinchiliklar bilan yashamoqda.

    28.11.2020, 21:25   Izoh (0)   25299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit otasining Cobalt’ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida 22 yoshli yigit vafot etgan

    28.11.2020, 19:15

    FVV Chinozda 5 ming tonnali sisternada yong‘in chiqqanidan so‘ng, Denovdagi neft bazada maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazdi

    28.11.2020, 18:30

    Yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirib-chiqishiga cheklovlar o‘rnatilishi mumkin

    28.11.2020, 16:55

    “Forish” tog‘ poligonida o‘tkazilgan festivalda 8 ming nafar aholi ishtirok etdi (foto)

    28.11.2020, 16:34

    Suriyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun uchinchi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

    28.11.2020, 12:35

    AOKA mahalliy OAVga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

    28.11.2020, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.