• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AOKA mahalliy OAVga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mahalliy ommaviy axborot vositalariga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport
    So‘z va OAV erkinligini ta’minlash O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatda axborot sohasini demokratlashtirish, xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, axborot olishni kengaytirish borasida faol sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

    Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari aholiga jamoatchilik uchun zarur bo‘lgan axborotni faol va muvaffaqiyatli yetkazib bermoqda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni har tomonlama yoritib bormoqda va bunda fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishga yaqindan e’tibor qaratmoqda.

    Shunga ko‘ra, AOKA o‘z vakolatlari doirasida bugungi kunda “to‘rtinchi hokimiyat” rolini haqli ravishda bajarishga kirishayotgan ommaviy axborot vositalari manfaatlarini doimo qo‘llab-quvvatlagan va quvvatlashda davom etadi.

    Biroq keyingi paytlarda, ayrim ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda tasdiqlanmagan axborotlarni chop etish kuzatilmoqda, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish faktlari mavjud. Ushbu masala yuzasidan agentlik tomonidan 2020-yil 10-oktabr, 19-oktabr hamda 11-noyabr kunlari “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi, “Davlat tili haqida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning tegishli moddalari talablariga mos kelmaydigan faktlarni ko‘rsatgan holda alohida bayonotlar berilgan edi.

    AOKA tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan materiallar borasida bayonot taqdim etish uchun yetarli asos va faktlar mavjud bo‘lib, ayrim OAVda dinlararo nizo keltirib chiqarish (“Effect.uz”, “Hordiq.uz”), pornografiya va zo‘ravonlikni targ‘ib qilish (“Nova24.uz”) kabi taqiqlangan kontentni tarqatish holatlari aniqlangan edi.

    Shuningdek, agentlik O‘zbekistonning axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. Shu bois aniqlangan qonun talablariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan ogohlantirish, ko‘rsatma va taqdimnomalar berish vakolatiga ega.

    Xususan, 20-23-noyabr kunlari ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatiga olingan “Kun.uz”, “Daryo.uz”, “Gazeta.uz”, “Podrobno.uz”, “Repost” veb-saytlariga amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmaydigan axborotlarni tarqatish holatlari bo‘yicha ogohlantirish xatlari yuborilgani shular jumlasidandir.

    Masalan, “Kun.uz” saytida ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgan.

    Shuningdek, 17-noyabr kuni “Gazeta.uz”, “Daryo.uz”, “Podrobno.uz”, “Repost” veb-saytlarida joylashtirilgan materiallarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar statistikasi shubha ostiga olingan va ushbu masala yuzasidan rasmiy izohlar taqdim etilmagan.

    Agentlik jurnalistikaning asosiy maqsadi — jamiyatga har tomonlama tekshirilgan, barcha nuqtayi nazarlar mujassamlashgan, xolis axborotni mas’uliyat bilan yetkazishdan iborat ekaniga ishonadi.

    Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan, aholini qiynayotgan muammolarga tegishli davlat organlarining rahbar va mas’ul xodimlaridan munosabat olish, mavjud kamchiliklarga ularning e’tiborini qaratish maqsadida joriy yilning mart oyidan buyon Agentlikning o‘zida 700 dan ortiq matbuot anjumani va brifinglar tashkil qilindi. Ushbu tadbirlar doirasida tegishli davlat organlari rahbarlari va mas’ul shaxslari aholi uchun dolzarb va ahamiyatli masalalarga bevosita javob qaytarishdi va OAV ko‘targan muammolarga tezkor munosabat bildirishdi.

    Bu kabi tadbirlar bundan keyin ham davom ettiriladi. Xususan, Agentlik tomonidan AOKA press-xoli hamda O‘zbekiston milliy matbuot markazida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Media-rejada 100 dan ortiq matbuot anjumani va 80 dan ziyod press-turlar o‘rin olgan.

    Shuningdek, ochiqlikni ta’minlash, jurnalistlar va fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini to‘laqonli qondirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hokimlar, davlat organlarining hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida joylarda matbuot anjumani, ochiq muloqot hamda media-turlar o‘tkazishga doir rejalar ishlab chiqilib, Agentlikning rasmiy veb-resurslariga joylashtirildi.

    Joriy yilning noyabr—dekabr oylarida har bir hududda 120-150 tagacha turli ko‘rinishdagi matbuot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bularning barchasi ommaviy axborot vositalarining zarur axborotni birinchi manbadan moneliksiz olishiga imkon beradi.

    Ta’kidlash lozimki, dekabr oyida davlat organlari faoliyatining ochiqligini aniqlash mezonlari tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda. 2021-yildan boshlab har chorakda ushbu mezonlar bo‘yicha tuzilgan reyting e’lon qilib boriladi. Reyting natijalari Parlamentning tegishli yig‘ilishida muhokama qilinadi.

    Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari huzurida “Dialog maydonchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani yana bir muhim qadamlardan biridir. Bu loyiha ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarning huquqlarini ta’minlash, ularni himoya qilish, zarur huquqiy maslahatlar va ko‘mak berishga yo‘naltirilgan.

    Agentlik jurnalist va blogerlarga davlat organlarining OAV bilan konstruktiv va ochiq muloqotda bo‘lishlari uchun har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi, shuningdek, mamlakatda so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari rivojlanishini ta’minlashni kafolatlaydi.

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 

    Eslatib o‘tamiz, AOKA “Kun.uz”ga gaz-svet muammosini yozgani uchun ogohlantirish xati yuborganida, tahririyat buni “bosim o‘tkazish” degan edi. Bundan tashqari, yana bir ogohlantirish xati “Daryo.uz” internet nashriga yuborilgan edi. Shuningdek, AOKA COVID-19 statistikasi bo‘yicha yangilik sababli “Gazeta.uz”ni ogohlantirganida, nashr bunga javoban, “Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni ‘noqulay’ savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz”, deya yozgan edi.

    28.11.2020, 12:15   Izoh (0)   29682
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qamchiq dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

    28.11.2020, 11:59

    Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda 500 o‘rinli innovatsion bog‘cha quriladi

    28.11.2020, 11:38

    O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi

    28.11.2020, 08:35

    O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

    28.11.2020, 07:09

    O‘zbekistonda O‘simliklarni himoya qilish agentligi tashkil etiladi

    28.11.2020, 06:21

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

    28.11.2020, 00:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.