Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ehtiyotsizlik tufayli quduqqa tushib ketgan keksa ayolni qutqarib qoldi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Foto: FVV

Foto: FVV

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 24-noyabr kuni ertalab soat 07:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizlik oqibatida quduq ichiga tushib ketgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bahodir Norboboyev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi yetib borgan.

Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi. Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz olib chiqqan. U darhol kasalxonaga yuborilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy deb baholamoqda.

Avvalroq Farg‘onada 12 metrlik chuqurlikda qolib ketgan ishchiToshkent viloyatida tuproq bosib qolgan qurilish ishchisi hamda Toshkentda kanalizatsiya uchun qazilgan 5 metrli chuqurga yiqilgan fuqaro qutqarilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr