“Bavariya” Chempionlar Ligasi 4-turida “Zalsburg”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Myunxenliklar klubi Yevrokuboklarda ketma-ket 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va bu borada “Atletiko”ning rekordini takrorladi.
Amaldagi chempion joriy mavsum guruh bosqichidagi to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozondi, UEFA Superkubogida “Sevilya”ni yengdi, shuningdek, 2019/20-yilgi mavsumdagi musobaqaning barcha 11 o‘yinini o‘z foydasiga hal qilgandi.
“Atletiko” 2011-2012-yillarda Yevropa Ligasi va Yevropa Superkubogida ketma-ket 16 o‘yinlik g‘alabali seriya qayd etgandi.
“Bavariya” 5-turda aynan “Atletiko”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)